“MULKDOR OILA”

21.11.2017, 17:29

“MULKDOR OILA”

YOSHLARGA!

Bu Siz uchun agrar sohaning deyarli barcha tarmoqlari (chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, meva, sabzavot, polizchilik, issiqxona, ko‘chat yetishtirish, urug‘chilik va boshqa) bo‘yicha shaxsiy tomorqa, dehqon xo‘jaligi negizida oilaviy tadbirkorlik faoliyatini boshlash yoki o‘zingiz tanlagan yo‘nalishda biznesingizni yanada kengaytirish uchun juda qulay imkoniyatdir!

TADBIRKORLARGA!

• Loyihada aholining oilaviy tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan qatlamlari har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadi, ularga individual yondashiladi.

• Loyihada oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish (biznes-reja tuzish, oilaviy korxonani tashkil etish, yuritish, belgilangan imtiyoz va preferensiyalardan samarali foydalanish) bilan bog‘liq huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy bilim va malakani oshirishga ko‘maklashiladi.

HAR BIR OILAGA!

•  Loyihada qatnashib o‘z biznes-rejalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan ishtirokchilar, uni moliyalashtirish uchun bank sertifikatini qo‘lga kiritadi.

• Loyiha ishtirokchilari tadbirkorlik faoliyatini muvaffaqiyatli yuritishlari uchun ularga yaqindan amaliy ko‘maklashish, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida O’zLiDeP safidagi tajribali tadbirkor, fermer va xalq deputatlari mahalliy kengashlaridagi partiya deputatlik guruhi a’zolariga biriktiriladi.

Bu hammasi emas, maqsadingiz aniq va jiddiy bo‘lsa boshqa imtiyoz va imkoniyatlarni ham qo‘lga kiritishingiz mumkin!

“MULKDOR OILA” loyihasida ishtirok eting va mulkingizni ko‘paytiring, zero mulkdor oilalar – obod turmush va farovon jamiyatimiz bunyodkoridir!

Batafsil ma’lumot va axborot olish uchun O’zLiDePning markaziy, hududiy, tuman (shahar) va boshlang‘ich tashkilotlariga murojaat eting!

  • Ko'rildi
    16480
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish