Toshkent shahri

26.02.2024, 21:59
Yosh siyosatchi qizlar bilan muloqot o‘tkazildi
O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar bilan ishlash va biznes tuzilmalari bo‘limi tomonidan “Yosh siyosatchi qizlar” ...
24.02.2024, 13:20
Quyi bo‘g‘in yoshlar bandligini ta’minlashda faollik ko‘rsatdi
Yangihayot tumani hududidagi Toshkent metallurgiya zavodida tashkil etilgan O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkilotining navbatdagi ...
22.02.2024, 11:02
Xususiy oliy ta’lim muassasasida “Akademik va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi
O’zLiDePning maqsad va dasturida ilgari surilgan g‘oyalarni yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish, ularning siyosiy, huquqiy ...
22.02.2024, 09:25
BPT va deputatlar hamkorligi yaxshi natija bermoqda
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining tegishli qaroriga asosan shu yilning 15 fevralidan hududiy boshlang‘ich partiya ...
16.02.2024, 17:33
Jamoatchilik nazorati: maktab va bog‘chalar faoliyati o‘rganilmoqda
O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar bilan ishlash va biznes tuzilmalari bo‘limi, Chilonzor tuman Kengashi hamda deputatlardan tarkib ...
16.02.2024, 17:31
Senator va deputatlar yoshlar bilan ochiq muloqot qildilar
O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar bilan ishlash va biznes tuzilmalari bo‘limi tomonidan Toshkent davlat transport universitetida ...
15.02.2024, 17:41
Bog‘chalar faoliyati o‘rganilmoqda
O‘zLiDeP Mirobod tuman kengashi va mahalliy kengash deputatlari, faollardan tarkib topgan ishchi guruh  tomonidan “O’zbekiston ...
08.02.2024, 18:26
Manzilli ishlashning shaffof mexanizmi
O‘zLiDeP Mirobod tuman kengashi faollaridan tarkib topgan ishchi guruh tomonidan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasidagi ...
08.02.2024, 18:11
Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
O‘zLiDeP Toshkent shahar Yoshlar bilan ishlash va biznes tuzilmalari bo‘limi hamda Halq deputatlari Uchtepa tuman Kengashi deputatlari ...
Fazilov Ravshan Abdulxayevich

Fazilov Ravshan Abdulxayevich

OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi.

1961 yilda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 1983 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, 1995 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1996 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini, 2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Ixtisosligi – muhandis-mexanik, iqtisodchi, xuquqshunos. O‘zLiDeP a’zosi.

Mehnat faoliyatini 1983 yilda “O‘zbekxlopkomash” ishlab chiqarish birlashmasi muhandis-konstruktor lavozimida boshlagan. 1987-1989 yillarda “Progress” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh mutaxassisi, bosh direktor o‘rinbosari, 1989-1990 yillarda mahalliy sanoat Vazirligi Boshqarmasi boshlig‘i muovini, bo‘lim boshlig‘i, bosh boshqarma boshlig‘i muovini, 1990-2000 yillarda “O‘zrembыttexnika” konserni boshqaruvi raisi, bosh direktori, “Feruz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, 2000-2007 yillarda “K&N Ibrakom” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi menedjeri, 2007-2011 yillarda “Feruz-Femida” advokatlik byurosi direktori,  2012-2017 yillarda “IBRAKOM FZCO” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bosh vakili lavozimlarida ishlagan.

 2005-2014 yillarda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, 2017-2019  yillarda Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritgan. 2019 yildan Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

2004-2020 yillarda jamoatchilik asosida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Mirobod tuman Kengashi raisi lavozimda faoliyat yuritgan.

2015 yildan  hozirgi vaqtga qadar “Feruz-servis” xususiy korxonasi direktori, 2020 yildan jamoatchilik asosida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Oilali 3 nafar farzandi bor.

Manzil: Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 77 “a”-uy. 

Telefon: 0 371 - 215-67-62
Faks: 0 371 - 281-41-19

Elektron pochta: tsh@uzlidep.uz