Toshkent shahri

14.04.2023, 16:53
Yosh avlod kamolotiga e’tibor yanada kuchaytiriladi
Xabaringiz bor, shu kunlarda O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashabbusi bilan respublika bo‘ylab konstitutsiyaviy qonun loyihasi ...
13.04.2023, 15:42
Yangilanayotgan Konstitutsiya: inson huquq va erkinliklari kafolati yanada kuchaytiriladi
O‘zLiDeP Mirzo Ulug‘bek tuman kengashi va “O’zkabel” aksiyadorlik jamiyati qo‘shma korxonasining o‘zaro ...
12.04.2023, 15:59
Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki!
O‘zLiDeP Toshkent shahar kengashi tomonidan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining ...
11.04.2023, 13:18
Talaba yoshlar referendumda yangilanayotgan Konstitutsiya uchun yakdillik bilan ovoz berishlarini bildirdi
O'zLiDeP Yunusobod tumani Kengashi tomonidan Toshkent moliya institutida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ...
10.04.2023, 12:25
Konstitutsiya – sha’nim va qadrim himoyasi!
Xabaringiz bor, shu kunlarda O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ...
07.04.2023, 16:42
Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati tushuntirildi
O`zLiDeP Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi  hamkorlikda ...
06.04.2023, 16:47
Aholi salomatligiga alohida e’tibor qaratiladi
O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi ...
06.04.2023, 16:37
Aholi salomatligini asrash bilan bog‘liq normalar 4 barobar ko‘paytirilmoqda
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Jamoliddin Meliboyev tomonidan M. Ulug‘bek tumanidagi 7-sonli oilaviy poliklinikada "X. ...
04.04.2023, 16:32
Yangi O’zbekistonda yoshlar siyosati ustuvor
O‘zLiDeP  Toshkent shahar va Mirobod tuman kengashlarining hamkorlikdagi targ‘ibot tadbiri  Lomonosov nomidagi Moskva davlat ...
04.04.2023, 16:28
Konstitutsiyaviy islohot – bugunning talabi, ertaning kafolati
O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan partiya Yunusobod tuman Kengashi va Toshkent arxitektura – qurilish universiteti bilan ...
Fazilov Ravshan Abdulxayevich

Fazilov Ravshan Abdulxayevich

OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi.

1961 yilda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 1983 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, 1995 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1996 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini, 2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Ixtisosligi – muhandis-mexanik, iqtisodchi, xuquqshunos. O‘zLiDeP a’zosi.

Mehnat faoliyatini 1983 yilda “O‘zbekxlopkomash” ishlab chiqarish birlashmasi muhandis-konstruktor lavozimida boshlagan. 1987-1989 yillarda “Progress” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh mutaxassisi, bosh direktor o‘rinbosari, 1989-1990 yillarda mahalliy sanoat Vazirligi Boshqarmasi boshlig‘i muovini, bo‘lim boshlig‘i, bosh boshqarma boshlig‘i muovini, 1990-2000 yillarda “O‘zrembыttexnika” konserni boshqaruvi raisi, bosh direktori, “Feruz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, 2000-2007 yillarda “K&N Ibrakom” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi menedjeri, 2007-2011 yillarda “Feruz-Femida” advokatlik byurosi direktori,  2012-2017 yillarda “IBRAKOM FZCO” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bosh vakili lavozimlarida ishlagan.

 2005-2014 yillarda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, 2017-2019  yillarda Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritgan. 2019 yildan Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

2004-2020 yillarda jamoatchilik asosida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Mirobod tuman Kengashi raisi lavozimda faoliyat yuritgan.

2015 yildan  hozirgi vaqtga qadar “Feruz-servis” xususiy korxonasi direktori, 2020 yildan jamoatchilik asosida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Oilali 3 nafar farzandi bor.

Manzil: Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 77 “a”-uy. 

Telefon: 0 371 - 215-67-62
Faks: 0 371 - 281-41-19

Elektron pochta: tsh@uzlidep.uz