Xorazm viloyati

07.03.2022, 11:45
Xorazmlik faol xotin-qizlarga tashakkurnoma bildirlandi
O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi tomonidan ham partiya safiga birlashgan ayollarni 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan qutlash ...
04.03.2022, 12:22
Taraqqiyot strategiyasi ijrosini ta’minlashda partiya “Ayollar qanoti” ham faol ishtirok etadi
O’zLiDeP Buxoro viloyat Kengashida  partiya faollari hisoblangan tadbirkor va fermer xotin-qizlar ishtirokida davra suhbati ...
28.02.2022, 16:54
Xonqalik yoshlar issiqxona faoliyati bilan tanishdi
O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bo‘limi tomonidan o‘tkazib kelinayotgan “Mahorat darslari” ...
22.02.2022, 17:42
Xorazmning suv ta’minoti og‘ir hududlaridagi aholi tomorqalari uchun 126 ta artizan quduqlari qazib beriladi
Suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish uchun ...
14.02.2022, 15:01
Partiya quyi bo‘g‘inlari hisobot-saylov yig‘ilishlarga tayyorgarlik ko‘ryapti
Xorazm viloyat Kengashi tashkiliy partiyaviy va istiqbolli kadrlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan Gurlan tumanida partiya faollari uchun ...
14.02.2022, 14:52
Partiya deputatlik guruhlari kelgusidagi vazifalarni belgilab oldi
O'zLiDeP Gurlan tuman Kengashi hamda Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashidagi O'zLiDeP depuatlik guruhining qo‘shma yig‘ilishi ...
26.01.2022, 16:06
Mahalladagi muammolar deputatlar nazoratiga olindi
Xalq deputatlari Tuproqqala tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari Sultonboy Axmedov va Ilxomboy Qalandarovlar "Sharlauq" ...
24.01.2022, 15:19
Xorazmdagi agroklasterlar faoliyati bilan tanishildi
Oliy  Majlis  Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari ...
21.01.2022, 16:03
O'zLiDeP “Ayollar qanoti” faollari oilaviy korxona faoliyati bilan tanishdi
O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi “Ayollar kanoti” bo‘limi tomonidan Urganch shahri “Jaloliddin Manguberdi” mahallasida ...
19.01.2022, 11:23
O’zLiDeP faollari tashabbusi: Sahovatpesha tadbirkorlar mahalla obodligi uchun o‘z hissasini qo‘shmoqda
Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashi deputati, partiya tuman Kengash raisi Umidbek Bazarbayev tashabbusi bilan tumandagi “Moyli” ...
Fayzullayev Islam Rustamovich

Fayzullayev Islam Rustamovich

O'zLiDeP Xorazm viloyati Kengash raisi

Xorazm viloyatining  Xiva tumanida tug‘ilgan.

1988 yilda Toshkent Qishloq xo‘jaligi institutini, 1992 yilda O’zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi agrobisnes institutini,  2006 yili O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi - iqtisodchi, tashkilotchi, menedjer-tashkilotchi.

1990-1997 yillarda Xiva tumani agrosanoat uyushmasi iqtisodchisi, bosh iqtisodchisi, bosh hisobchisi, rais o‘rinbosari, 1997-2003 yillarda Xiva tuman qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, 2003-2004 yillarda Xorazm viloyat dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi viloyat vakilligi rahbari, 2004-2007 yillarda Xorazm viloyat Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2005-2006 yillarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi bo‘lgan.

2006-2007 yillarda Xorazm viloyat Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, 2007-2008 yillarda O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni rivojlantirish iqtisodiy taxlil va prognozlash boshqarmasi boshlig‘i, qishloqda iqtisodiy islohotlar majmuasi rahbari o‘rinbosari, 2008-2011 yillarda Yangiariq tuman hokimi, 2012-2016 yillarda “O’zagrosug‘urta” AJ Xorazm viloyati filiali boshqaruvchisi, 2017-2018 yillarda Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Sifat va sertifikatlash Xorazm viloyati labaratoriyasi bosh mutaxassissi, 2018-2019 yillarda Xorazm baliq sanoat mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari lavozimlarida ishlagan.

2019 yildan hozirgi vaqtgacha Xorazm viloyati davlat o‘rmon xo‘jaligi direktori va O`zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Manzil: Urganch shahri, A.Bahodirxon ko‘chasi, 183-uy. 
Telefon: 0 362 - 228 - 82 - 45

Faks: 0 362 - 228 - 82 - 41 

Elektron pochta: xz@uzlidep.uz