Xorazm viloyati











Fayzullayev Islam Rustamovich
O'zLiDeP Xorazm viloyati Kengash raisi
Xorazm viloyatining Xiva tumanida tug‘ilgan.
1988 yilda Toshkent Qishloq xo‘jaligi institutini, 1992 yilda O’zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi agrobisnes institutini, 2006 yili O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi - iqtisodchi, tashkilotchi, menedjer-tashkilotchi.
1990-1997 yillarda Xiva tumani agrosanoat uyushmasi iqtisodchisi, bosh iqtisodchisi, bosh hisobchisi, rais o‘rinbosari, 1997-2003 yillarda Xiva tuman qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, 2003-2004 yillarda Xorazm viloyat dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi viloyat vakilligi rahbari, 2004-2007 yillarda Xorazm viloyat Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
2005-2006 yillarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi bo‘lgan.
2006-2007 yillarda Xorazm viloyat Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, 2007-2008 yillarda O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni rivojlantirish iqtisodiy taxlil va prognozlash boshqarmasi boshlig‘i, qishloqda iqtisodiy islohotlar majmuasi rahbari o‘rinbosari, 2008-2011 yillarda Yangiariq tuman hokimi, 2012-2016 yillarda “O’zagrosug‘urta” AJ Xorazm viloyati filiali boshqaruvchisi, 2017-2018 yillarda Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Sifat va sertifikatlash Xorazm viloyati labaratoriyasi bosh mutaxassissi, 2018-2019 yillarda Xorazm baliq sanoat mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari lavozimlarida ishlagan.
2019 yildan hozirgi vaqtgacha Xorazm viloyati davlat o‘rmon xo‘jaligi direktori va O`zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Manzil: Urganch shahri, A.Bahodirxon ko‘chasi, 183-uy.
Telefon: 0 362 - 228 - 82 - 45
Faks: 0 362 - 228 - 82 - 41
Elektron pochta: xz@uzlidep.uz