Farg'ona viloyati










Kamalov Raxmatullo Ibragimovich
O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi raisi
Kamalov Raxmatullo Ibragimovich 1956 yilda tug‘ilgan. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) a’zosi.
1976 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan, Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - iqtisodi.
1976-1978 yillarda Marg‘ilon davlat bankida, 1978-1982 yillarda Farg‘ona viloyat savdo boshqarmasida, 1982-1988 yillarda Toshloq tumani Matlubotsavdo jamiyatida, 1988-1991 yillarda Toshloq tumani umumiy ovqatlanish korxonasida, 1991-2003 yillarda Toshloq tumani Matlubotsavdo aksiyadorlik jamiyati boshqaruvida faoliyat yuritgan.
2004, 2009 va 2014 yillarda Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputatligiga saylangan.
1995 yildan hozirgi vaqtga qadar “Kamolov Rahmatullox” fermer xo‘jaligi rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
2004 yildan buyon O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi raisi lavozimida ishlab kelmoqda.
R.Kamolov 2009 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
Manzil: Farg‘ona shahri, A.Navoiy ko‘chasi, 17-uy
Telefon: 0 373 - 244-07-32
Faks: 0 373 - 244-07-32
Elektron pochta: fr@uzlidep.uz faruzlidep@umail.uz