Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 09-sentyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Bitta sayyor qabulda 53 murojaatga ijobiy yechim topildi

09.09.2026
21

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida o‘tkazilgan Mobil shtabning sayyor qabuli fuqarolar muammolarini joyida hal etishga xizmat qildi. Qabulda 92 nafar fuqaro ishtirok etib, qariyb 68 ta muammo aniqlandi. Ularning 53 tasi joyida ijobiy hal etildi, qolgan murojaatlar nazoratga olinib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Sayyor qabul davomida aholini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi. Qabulda 5 nafar fuqaroga jami 25 million so‘mlik yordam ko‘rsatilib, 12 nafar ishsiz fuqaroning ish topishiga ko‘maklashildi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi band qilishi uchun 2 ta oshxona pechi, 4 ta tikuv mashinasi va 8 ta noutbuk ajratildi. Shuningdek, 2 nafar fuqaroga sanatoriyga bepul yo‘llanma berilib, 5 nafar murojaatchiga imtiyozli kredit va ssuda olishda amaliy yordam ko‘rsatildi. “Xo‘jailg‘or” mahallasida yashovchi Ra’no Norboboyevaga farzandining kontrakt to‘lovi uchun 8 million so‘m, “Oqtosh” mahallasida yashovchi Jamshiddin Toshovning farzandi ta’limi uchun esa 3,5 million so‘mlik yordam ajratilish belgilandi.

Yakkabog‘dagi sayyor qabulda kommunal soha, yo‘llarni ta’mirlash va elektr ta’minoti bilan bog‘liq qator muammolar ham bartaraf etildi. Bu kabi sayyor qabullar xalq bilan bevosita muloqot qilish, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni amaliy natijaga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?