Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 01-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Partiya tarixi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tarixi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) — tadbirkorlar, fermerlar, ishbilarmonlar va mulkdorlar qatlami manfaatlarini ifoda etuvchi va himoya qiluvchi umummilliy siyosiy partiya. 2003-yil 15-noyabrda tashkil topgan va shu yilning 3-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan. Partiya tashkil topganidan beri o‘tkazilgan barcha parlament saylovlarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi eng yirik fraksiyani shakllantirib kelmoqda.

Tashkil topgan2003-yil 15-noyabrQonunchilik palatasida64 / 150 o‘rin (2024)A’zolari1,5 milliondan ortiq (2024)RahbarAktam Hayitov

01 Rivojlanish bosqichlari

DavrBosqichAsosiy voqealar
2003–2004Tashkil topishTashabbuskor guruh partiya tuzish g‘oyasini ilgari surdi, Ta’sis s’ezdida Dastur va Ustav qabul qilindi, partiya Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tdi. Ilk parlament saylovidayoq O‘zLiDeP eng yirik fraksiyani tuzdi.
2005–2016Institutsional rivojlanishPartiya tuzilmalari mustahkamlandi, nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi va Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi tashkil etildi. 2009 va 2014 yillardagi saylovlarda partiya parlamentdagi yetakchiligini saqlab qoldi.
2016–2023Yangi O‘zbekiston islohotlari davriO‘zLiDeP 2016, 2021 va 2023 yillarda Prezidentlikka nomzod sifatida Shavkat Mirziyoyevni ko‘rsatdi. 2018 yildan partiyaga Aktam Hayitov rahbarlik qilmoqda.
2024-yildanAralash saylov tizimi va parlamentdagi ko‘pchilikIlk aralash saylovda partiya 64 o‘rin bilan eng yirik fraksiyani tuzdi, 2025 yilda esa «Milliy tiklanish» fraksiyasi bilan birga «Taraqqiyot bloki»ni tashkil etdi.

02 Saylovlardagi ishtiroki

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovlar

SaylovO‘rinlarNatija
2004–200541 / 120Eng yirik fraksiya
2009–201053 / 150Eng yirik fraksiya
2014–201552 / 150Eng yirik fraksiya
2019–202053 / 150Eng yirik fraksiya
202464 / 150Eng yirik fraksiya; 26 o‘rin partiya ro‘yxati (34,75 foiz), 38 o‘rin bir mandatli okruglar bo‘yicha

O‘zLiDeP ko‘rsatgan Prezidentlikka nomzodlar

Saylov sanasiNomzodNatija (MSK)
2007-yil 23-dekabrIslom Karimov90,76 %
2015-yil 29-martIslom Karimov90,39 %
2016-yil 4-dekabrShavkat Mirziyoyev88,61 %
2021-yil 24-oktabrShavkat Mirziyoyev80,12 %
2023-yil 9-iyulShavkat Mirziyoyev87,05 %

03 Partiya rahbarlari

Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi raislari:

F.I.Sh.Faoliyat yillari
Qobiljon Toshmatov2003–2004
Maxamadjon Axmedjanov2004–2005
Muxammadyusuf Teshaboyev2005–2013
Sodiqjon Turdiyev2013–2017
Baxtiyor Yakubov (rais vazifasini bajaruvchi)2017–2018
Aktam Hayitov2018-yildan hozirgacha

04 Xronologiya

2003

  • 4–5 oktabr — bir guruh tashabbuskorlar – kichik biznes vakillari, tadbirkorlar va fermerlardan iborat mulkdorlar qatlami, ishlab chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari hamda boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar manfaatlarini ifoda etadigan va himoya qiladigan umummilliy siyosiy tashkilot, ya’ni partiya tuzish tashabbusi bilan chiqishdi.
  • 7 oktabr — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ushbu tashabbuskor guruh a’zolari bilan uchrashdi.
  • 15 noyabr — O‘zLiDePning Ta’sis s’ezdi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya Dasturi va Ustavi tasdiqlandi, Siyosiy Kengash hamda Markaziy nazorat-taftish komissiyasi tarkibi saylandi. Shu kuni Toshmatov Qobiljon Fattoxovich O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylandi.
  • 3 dekabr — O‘zLiDeP O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tdi.

2004

  • 1 yanvar — «XXI asr» ijtimoiy-siyosiy gazetasining ilk soni nashr etildi.
  • 24 may — O‘zLiDeP Siyosiy Kengashining navbatdagi II Majlisida Axmedjanov Maxamadjon Axmedovich O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylandi.
  • 26 dekabr — partiya ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 41 nafar deputatlik o‘rnini egallagan O‘zLiDeP parlamentda eng yirik fraksiyani tashkil etdi. Shuningdek, Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga 1908 nafar deputat saylandi.

2005

  • O‘zLiDePning tashabbusi bilan O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasi tashkil etildi. Aynan, mazkur Assotsiatsiyaning sa’y-harakati bilan bugun mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan va aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilayotgan 400 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari yagona tuzilmaga birlashdi. Partiya ushbu tashkilot faoliyatiga yaqindan ko‘mak berish tarafdori.
  • 19 mart — O‘zLiDeP Siyosiy Kengashining navbatdagi V Majlisida Teshaboyev Muxammadyusuf Mutalibjonovich O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylandi.
  • 25 iyul — O‘zLiDePning navbatdan tashqari III s’ezdi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya Dasturi va Ustaviga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

2006

  • O‘zLiDeP ta’sischiligida Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi tashkil etildi. Shu kunga qadar 4 mingga yaqin tadbirkor va fermerlarning qonuniy huquq va manfaatlari Markaz tomonidan himoya qilindi. Bundan tashqari, mamlakat parlamentida tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi qator qonunlar qabul qilindi, shuningdek, hukumat tomonidan tegishli qonunosti hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
  • 7 dekabr — O‘zLiDeP Siyosiy Kengashining VIII Majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga bo‘shab qolgan o‘rinlar uchun nomzodlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

2007

  • 6 noyabr — O‘zLiDePning IV s’ezdi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga navbatdagi saylovda O‘zLiDeP dan nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Partiya s’ezdi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Islom Abdug‘aniyevich Karimov nomzodini ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Mazkur yig‘ilishda I.Karimov «Vatanimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish – oliy saodatdir» nomli ma’ruza bilan ishtirok etdi.
  • 23 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tgan saylovda O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzod Islom Abdug‘aniyevich Karimov g‘alaba qozondi.

2008

  • 20 sentabr — O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda partiyaning dasturiy vazifalarini hayotga tatbiq qilish hamda «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun talablarini bajarish doirasida partiya tuzilmalari va deputatlik guruhlari tomonidan olib borilayotgan ishlar holati va navbatdagi vazifalar haqida»gi masala ko‘rib chiqildi.

2009

  • 27 dekabr — O‘zLiDeP O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 53 nafar deputatlik o‘rnini egallagan O‘zLiDeP ikkinchi bor parlamentdagi eng yirik fraksiyani tashkil etdi. Shuningdek, Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga 2159 nafar deputat saylandi.

2010

  • 2 fevral — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida O‘zLiDeP fraksiyasi tashabbusi bilan O‘zLiDeP, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi fraksiyalari o‘rtasida «Demokratik kuchlar bloki»ga birlashish to‘g‘risida Bitim imzolandi.
  • 18 dekabr — O‘zLiDeP Siyosiy Kengashining II Majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Islom Karimovning «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi» nomli ma’ruzasidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan O‘zLiDeP ning aniq maqsadli kompleks chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi.

2011

  • 15 iyul — parlamentdagi O‘zLiDeP fraksiyasi tashabbusi bilan mamlakat tarixida ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining «Demokratik bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish borasida Hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar dasturi, shuningdek, «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat dasturi ijrosining borishi to‘g‘risida»gi hisoboti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma yig‘ilishida eshitildi.

2012

  • O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Bosh bitim imzolandi. Hozirgi kunda mazkur bitim doirasida tadbirkorlar muammolarini yaqindan o‘rganish va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish borasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
  • 31 mart — O‘zLiDeP Siyosiy Kengashining IV Majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish Konsepsiyasi» hamda «Mustahkam oila yili» Davlat dasturining ijrosi bo‘yicha O‘zLiDeP tomonidan 2012 yilda amalga oshiriladigan partiyaviy loyihalar to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

2013

  • O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Fermerlari kengashi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Bosh bitim imzolandi. O‘zLiDeP O‘zbekiston Fermerlari kengashi va uning hududiy tuzilmalari bilan hamkorlikda fermerlik harakatini yanada rivojlantirish, fermerlar oldida turgan muammolarni o‘rganish, ularni hal qilishni asosiy vazifa deb biladi va bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirib boradi.
  • 2 dekabr — O‘zLiDeP Siyosiy Kengashining navbatdagi VI Majlisida Sodiqjon Turdiyev O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylandi.

2014

  • 13 sentabr — O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, unda O‘zLiDePning 2014 yilgi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlardagi faol ishtirokini ta’minlash va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.
  • 30 sentabr — O‘zLiDeP Siyosiy Kengashining VIII majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda O‘zLiDePning faol ishtirokini ta’minlash yuzasidan olib borayotgan faoliyati hamda navbatdagi ustuvor vazifalar, O‘zLiDePning Saylovoldi dasturi loyihasi, O‘zLiDePning navbatdagi VI s’ezdini chaqirish va shu munosabat bilan hududiy partiya tashkilotlarining konferensiyalarini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
  • 31 oktabr — O‘zLiDePning VI s’ezdi bo‘lib o‘tdi. S’ezd kun tartibida partiyaning o‘tgan 5 yillik ish faoliyati sarhisobi va kelajakdagi rejalari, shuningdek, mamlakatimiz hayotida muhim siyosiy voqea hisoblangan bo‘lajak saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi, muhokama etildi va tegishli qarorlar qabul qilindi. Partiyaning s’ezdida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari saylovida faol ishtirok etish masalalari muhokama qilindi, delegatlar tomonidan partiyaning Saylovoldi dasturi tasdiqlab olindi va O‘zLiDePdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatildi.
  • 21 dekabr — O‘zLiDeP O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Saylovlar natijasiga ko‘ra, O‘zLiDeP parlament quyi palatasida eng ko‘p – 52 o‘ringa, xalq deputatlari viloyat Kengashlarida – 307 (38%), tuman (shahar) Kengashlarida esa – 1806 (35%) deputatlik o‘riniga ega bo‘lib, parlamentda o‘zining fraksiyasini, joylardagi vakillik organlarida esa – o‘z deputatlik guruhlarini shakllantirdi.

2015

  • 5 yanvar — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. O‘zLiDePdan Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlardan iborat partiya fraksiyasini ta’sis etish masalasini muhokama etish kun tartibidagi asosiy masala bo‘ldi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi S.Turdiyev fraksiya rahbari etib saylandi.
  • 15 yanvar — O‘zLiDeP Siyosiy Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda joriy yilning 29 mart kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O‘zLiDePning ishtiroki bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi. Siyosiy Kengash O‘zLiDePdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Islom Abdug‘aniyevich Karimov nomzodini ko‘rsatish masalasini partiyaning VII s’ezdi muhokamasiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
  • 6 fevral — O‘zLiDePning VII s’ezdi bo‘lib o‘tdi. Unda jami 344 nafar delegat ishtirok etdi. S’ezd kun tartibida O‘zLiDePning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodi to‘g‘risidagi masala atroflicha ko‘rib chiqildi. S’ezd “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, O‘zLiDePdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Islom Abdug‘aniyevich Karimovni nomzod etib ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Mazkur yig‘ilishda Islom Karimov «Bizning maqsadimiz – erkin va farovon, demokratik hayot qurish» nomli ma’ruza bilan ishtirok etdi.
  • 14 mart — Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zLiDeP hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda parlamentning quyi palatasida “Demokratik kuchlar bloki”ni tuzish masalasi muhokama etildi. Muhokama yakunlariga ko‘ra Tabirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalari qo‘shma faoliyatining asosiy shartlari va ustuvor yo‘nalishlarini nazarda tutuvchi ikki tomonlama Bitim imzolandi.
  • 29 mart — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tgan saylovda O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzod Islom Abdug‘aniyevich Karimov g‘alaba qozondi.
  • 25–26 dekabr — O‘zLiDePning “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti”, “Yilning eng yaxshi deputati” va “Eng namunali tuman (shahar) partiya tashkiloti” ko‘rik-tanlovlarining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” tanlovi bo‘yicha Toshkent viloyatidagi “Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida tashkil etilgan boshlang‘iya partiya tashkiloti, “Yil deputati” tanlovi bo‘yicha xalq deputatlari Buxoro viloyat kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Tohir Baxronov hamda “Eng namunali tuman (shahar) partiya tashkiloti” tanlovi bo‘yicha esa O‘zLiDeP Samarqand shahar kengashi mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

2016

  • 19 oktabr — Toshkent shahrida O‘zLiDePning VIII s’ezdi bo‘lib o‘tdi va partiya Siyosiy Kengashining a’zosi Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
  • 9 dekabr — Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda shu yilning 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari ko‘rib chiqildi. Saylovda Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni yoqlab 15 million 906 ming 724 saylovchi yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar umumiy sonining 88,61 foizi ovoz berdi. Shunday qilib, natijalarga asosan 2016 yil 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O‘zLiDePdan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyev g‘olib chiqdi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan, deb hisoblash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

2017

  • 8 avgust — Sodiqjon Turdiyev tuman hokimi lavozimiga tayinlangani munosabati bilan O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi. Rais vazifasini bajarish Baxtiyor Yakubovga yuklandi.
  • 24 dekabr — Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov bo‘lib o‘tdi. Saylov natijalariga ko‘ra xalq deputatlari tuman Kengashlariga ko‘rsatilgan jami 330 nafar nomzoddan O‘zLiDePdan 137 nafari saylandi.

2018

  • 3 fevral — O‘zLiDeP Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bilan ijtimoiy sheriklik sohasidagi munosabatlarni mustahkamlash va 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha – Harakatlar strategiyasi hamda Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida mazkur tadqiqot instituti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.
  • 3 avgust — Aktam Ahmadovich Hayitov O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylandi.

2019

  • 5 noyabr — Toshkent shahrida O‘zLiDePning IX s’ezdi bo‘lib o‘tdi. Unda partiyaning saylovoldi dasturi va parlament quyi palatasiga nomzodlar tasdiqlandi.

2020

  • 6 yanvar — Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida parlament saylovining yakuniy tur natijalari e’lon qilindi. Saylovlarning umumiy yakunlariga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida siyosiy partiyalar – O‘zLiDeP 53, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi 36, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi 24, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi 22, O‘zbekiston Ekologik partiyasi 15 deputatlik o‘rnini egalladi.
  • 18 yanvar — Toshkent shahrida O‘zLiDeP siyosiy kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Bosh vazir lavozimiga 2016 yilning dekabr oyidan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Abdulla Aripov nomzodi ko‘rsatildi.

2021

  • 7 iyul — O‘zLiDeP Siyosiy Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda joriy yilda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi saylovida partiyaning faol ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shu bilan bir qatorda Siyosiy Kengash a’zolari partiyaning yangilangan logotipini tasdiqlashdi.
  • 7 avgust — Toshkent shahrida O‘zLiDeP Siyosiy Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda shu yilning 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O‘zLiDePning ishtiroki, Prezidentlik saylovida O‘zLiDePdan ko‘rsatiladigan bo‘lajak nomzod hamda navbatdagi qurultoy kun tartibidan o‘rin olgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
  • 9 sentabr — Toshkent shahrida O‘zLiDePning X s’ezdi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan saylangan 1 ming 200 ga yaqin delegat qatnashdi. S’ezdda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturining asosiy yo‘nalishlari haqida ma’ruza qildi.
  • 24 oktabr — Shavkat Miromonovich Mirziyoyev prezidentlikka bo‘lib o‘tgan saylovda ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 80,12 foiz ovozi bilan besh yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylandi.
  • 15 noyabr — O‘zLiDeP Siyosiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqidan kelib chiquvchi partiya va uning fraksiyasi oldida turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

2022

  • 31 yanvar — O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan "2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida"gi Farmonidan kelib chiqadigan partiya oldidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

2023

  • 16 mart — O‘zLiDeP Siyosiy Kengashining navbatdagi majlisida partiyaning “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumidagi ishtiroki to‘g‘risidagi masala atroflicha muhokama qilindi.
  • 12 may — Toshkent shahrida O‘zLiDeP Siyosiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda shu yilning 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muddatidan ilgari saylovda O‘zLiDePning ishtiroki va partiyaning navbatdagi s’ezdida partiyadan ko‘rsatiladigan nomzod masalasi muhokama qilindi.
  • 30 may — Toshkent shahrida O‘zLiDePning o‘n birinchi s’ezdi bo‘lib o‘tdi. Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini bo‘lajak saylovda partiya nomidan ko‘rsatish to‘g‘risida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi s’ezdi delegatlari tomonidan yakdillik bilan qaror qabul qilindi. S’ezdda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzod Sh.M.Mirziyoyev o‘z dasturining asosiy yo‘nalishlari haqida ma’ruza qildi.
  • 9 iyul — O‘zLiDePdan Prezidentlikka nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyev saylovchilarning eng ko‘p 87,05 foiz ovozini olib, muqobillik asosida o‘tgan saylovda ishonchli g‘alaba qozondi.

2024

  • iyul — O‘zLiDeP Siyosiy Kengashining XVII majlisida partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylovda ishtirok etishi to‘g‘risida bir ovozdan qaror qabul qilindi.
  • 20 avgust — Saylovchilarning partiyani qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari Markaziy saylov komissiyasiga topshirildi.
  • 7 sentabr — O‘zLiDePning I Kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda partiyaning 2025–2029 yillarga mo‘ljallangan «5 maqsad – 500 vazifa» saylovoldi dasturi qabul qilindi.
  • 27 oktabr — Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga ilk bor aralash saylov tizimi asosida saylov bo‘lib o‘tdi. O‘zLiDeP yagona saylov okrugi bo‘yicha 5 194 041 ovoz (34,75 foiz) va 26 ta deputatlik o‘rnini, bir mandatli saylov okruglarining 38 tasida g‘alabani qo‘lga kiritdi. Jami 150 o‘rindan 64 tasini egallab, partiya parlamentdagi eng yirik fraksiyani tashkil etdi.
  • 18 noyabr — O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari Mavludaxon Xodjayeva va Raxim Xakimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari etib saylandi.

2025

  • 24 mart — O‘zLiDeP Siyosiy Kengashining majlisida «Atrof-muhitni asrash va «yashil» iqtisodiyot yili»da partiya saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi muhokama qilindi.
  • 29 mart — O‘zLiDeP va Xitoy Kommunistik partiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
  • may — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining yangi tarkibi shakllantirildi: 150 nafar a’zodan 64 nafari O‘zLiDeP vakillari bo‘ldi — 26 nafari partiya ro‘yxati, 38 nafari bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha.
  • 5 may — O‘zLiDeP va O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyalari Qonunchilik palatasida 93 deputatdan iborat ko‘pchilikni tashkil etuvchi «Taraqqiyot bloki»ni tuzdi.
  • avgust–sentabr — O‘zLiDeP tashabbusi bilan o‘tkaziladigan «Ishbilarmon ayol – 2025» ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tdi.
  • 11 avgust — O‘zLiDeP Siyosiy Kengashining majlisida partiyaning 2025–2029 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturining birinchi yarim yillikdagi ijrosi muhokama qilindi.
  • 9 sentabr — O‘zLiDeP va Turkiyaning Adolat va taraqqiyot partiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
  • 15 noyabr — Partiya tashkil topganining 22 yilligiga bag‘ishlangan Siyosiy Kengash majlisi bo‘lib o‘tdi. Partiya ma’lumotiga ko‘ra, O‘zLiDeP safida 2,1 milliondan ziyod a’zo va 16,5 mingta boshlang‘ich partiya tashkiloti bor.

2026

  • 12 yanvar — Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining 2025 yildagi faoliyati sarhisob qilindi.
  • mart — Partiyaning boshlang‘ich tashkilotlarida hisobot-saylov yig‘ilishlari o‘tkazildi.
  • 30 aprel — O‘zLiDeP va Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (biznes-ombudsman) o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
  • 3 may — Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi va hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
  • 25–28 iyun — O‘zLiDeP delegatsiyasi Ulan-Batorda bo‘lib o‘tgan Osiyo siyosiy partiyalari xalqaro konferensiyasi (ICAPP) Doimiy qo‘mitasi yig‘ilishida ishtirok etdi.
  • 5 sentabr — Toshkentda O‘zLiDeP va Tojikiston Xalq demokratik partiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi hujjat imzolandi.
  • 7 sentabr — O‘zLiDeP rahbariyati Xitoy Kommunistik partiyasi delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Partiyaning markaziy nashri — «XXI asr» ijtimoiy-siyosiy gazetasi. Rasmiy veb-sayt: www.uzlidep.uz, elektron pochta: uzlidep@uzlidep.uz.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?