Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 16-sentyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Qoraqalpog‘istonda aholi muammolari va tadbirkorlik imkoniyatlari o‘rganilmoqda

15.09.2026
40

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi deputatlaridan tashkil topgan ishchi guruh Qoraqalpog‘iston Respublikasida islohotlar ijrosi, aholi muammolari, tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganmoqda.
Partiyaning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasidagi o‘rganishlarda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy muammolarni hal etish, qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish va hududlarda qulay agrobiznes muhitini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Dastlabki manzillardan biri Nukus tumanidagi “Diykan arna” mahallasi bo‘ldi. Mahallada 34 ta tadbirkorlik sub’yekti faoliyat yuritayotgani, 59 gektar tomorqaning 58 gektariga ekin ekilgani qayd etildi.
O‘rganishlar davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi bilan ishlash holati ham diqqat markazida bo‘ldi. Xususan, “Ayollar daftari”dagi 107 nafar xotin-qiz, 49 nafar yolg‘iz keksa va 86 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Deputatlar asalarichilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor Baxtiyor Jumaboyevning faoliyati bilan tanishib, uning asalari uyalarini tayyorlash ustaxonasi, asalni qadoqlash jarayoni va ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rgandilar. Tadbirkor bir yilda 100 taga yaqin asalari uyasini tayyorlab, o‘z tajribasini yoshlarga o‘rgatayotgani e’tiborga loyiq.
O‘zLiDeP deputatlari uchun bunday o‘rganishlar, avvalo, joylardagi islohotlarning amaliy natijasini ko‘rish va aholini qiynayotgan masalalarga yechim topish nuqtai nazaridan muhimdir. Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan amaliy chora-tadbirlar belgilanib, ularning ijrosi nazoratga olinadi. Zero, “Xalq bilan birga” tamoyilining asosiy mazmuni — mahallaga borish, odamlarning muammosini eshitish va ular uchun aniq natija yaratishdir.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?