Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 03-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Aslonov Abdullo Ubaydulloyevich

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining Deputatlik birlashmalari bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari (Fraksiya rahbari o‘rinbosari), partiya "Yosh tadbirkor va ishbilarmonlar" klubi jamoatchilik Kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Oliy Majlis Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

Aslonov Abdullo Ubaydulloyevich 1984-yil Samarqand tumanida tug‘ilgan.

Ma’lumoti oliy. 2011-yil Samarqand davlat chet tillari instituti bakalavriatini, 2014-yil magistraturasini tugatgan. 2003-2009-yillarda Angliyaning uchta nufuzli bilim yurtlarida tahsil olgan.

Mehnat faoliyati

DavrFaoliyati
2010Mehnat faoliyatini 2010-yili “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Samarqand viloyati Kengashida to‘garak rahbari lavozimidan boshlagan.
2012–2018“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Samarqand, Navoiy viloyatlari hamda Markaziy Kengashi apparatida rahbar lavozimlarda faoliyat yuritgan
2018–2020O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi raisi bo‘lgan
2020–2022O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi raisi lavozimlarida ishlagan
2022–2023Sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan
2024O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi o‘rinbosari bo‘lgan
2024 – hozirgachaO‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda

Oilali. 4 nafar farzandi bor.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?