Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 03-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Xaitov Aktam Axmadovich

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi, O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari, O‘zbekiston fermerlar kengashi raisi

Xaitov Aktam Axmadovich 1974-yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan.

1994-yil Samarqand iqtisodiyot va servis (kooperativ) institutini tamomlagan, iqtisod fanlari nomzodi.

Mehnat faoliyati

DavrFaoliyati
1994–1997Samarqand iqtisodiyot va servis (kooperativ) institutida
1997–2000Samarqand viloyat hokimligi axborot-tahlil guruhida
2000–2002O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil boshqarmasida
2002–2005O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo‘mitasida faoliyat yuritgan
2005O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar yig‘ma axborot-tahlil departamenti mudiri
2006–2014O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri
2014–2016“Biokimyo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari
2016–2017O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktori
2017–2018O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimida ishlab kelgan
2018-yil 3-avgustO‘zLiDeP Siyosiy Kengashining X majlisida partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylangan
2019 – hozirgachaO‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi lavozimida ishlab kelmoqda
2020–2024O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Spikerning o‘rinbosari, O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari
2024 – hozirgachaO‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari, Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi

Mukofotlari: 2020-yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?