Seshanba 17-Sentyabr 2024-yil
Sayt sinov rejimida
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

YAKUBOV BAXTIYOR SULTONNAZIROVICH

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi a’zosi, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining Tashkiliy-partiyaviy ishlar va kadrlar bo‘yicha o‘rinbosari

Yakubov Baxtiyor Sultonnazirovich 1969-yilda tug‘ilgan.

1993-yilda Toshkent davlat universitetini, 2006-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, siyosiy fanlar doktori.

1993-1998-yillarda Toshkent davlat universitetida, 1998-1999-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida, 1999-2003-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida, 2003-2005 yillarda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida faoliyat yuritgan.

2004 va 2009-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan.

2004-2009-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi mudofaa va xavfsizlik masalaari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, 2010-2015 yillarda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, O’zLiDeP fraksiyasi rahbari lavozimida ishlagan, 2005-yildan jamoatchilik asosida partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari vazifasini amalga oshirgan.

2015 yildan buyon O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining tashkiliy-partiyaviy ishlar va kadrlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

B.Yakubov 2006-yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?