Shanba 21-Dekabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovi

Loyihaning maqsadi: Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, siyosiy jarayonlar tub mazmun-mohiyatini keng targ‘ibot-tashviqot qilishda, yurtimiz iqtisodiyoti, kichik biznes va xususiy sektorning rivojlanishida faol ishtirok etayotgan shijoatli, tashabbuskor xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning vatanimiz kelajagi yo‘lidagi intilishi, izlanishlaridagi faol ishtirokini rag‘batlantirish tufayli bugunning zamonaviy tadbirkor ayol qiyofasini yaratish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030” strategiyast to‘g‘risidagi Farmoni, “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash  yili” Davlat dasturi hamda O‘zLiDeP Dasturi va Saylovoldi platformasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish.

Amalga oshirish mexanizmi: Ko‘rik-tanlovning Nizom talablariga muvofiq ko‘rik-tanlov ishtirokchilari faoliyatini baholashda obyektivlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida hududiy tashkiliy qo‘mitalar tanlovning asosiy tashkilotchilari, ta’sischilar tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash sohasi mutaxassislari, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, olimlar hamda tajribali tadbirkor va fermerlardan shakllantiriladi. 

Ko‘rik-tanlovning hududlardagi tashkiliy qo‘mitalar ko‘rik-tanlov (yo‘nalishlar bo‘yicha, tuman (shahar) bosqichida 5 kishidan hamda hududiy Respublika bosqichlarida 7 kishidan iborat) hakamlar hay’atini tuzadilar va tasdiqlaydilar. 

Ko‘rik-tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi:

- mahallalardagi saralash bosqichi – aprel, may, iyun, iyul oylarida;

- tuman (shahar ) bosqichi – avgust oyida;

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Respublika bosqichlari - sentyabr oyida.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?