|
1. |
Loyiha nomi |
Yosh tadbirkorlar ligasi |
|
2. |
Loyihaning dolzarbligi |
“Yosh tadbirkorlar ligasi” loyihasi mamlakatda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularning tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish va zamonaviy biznes imkoniyatlaridan samarali foydalanishini ta’minlaydi. Loyiha yoshlarni bozor talablariga mos, raqobatbardosh va muvaffaqiyatli tadbirkorlar sifatida tayyorlash, innovasion g‘oya va startaplarni qo‘llab-quvvatlash, hamda yoshlarning iqtisodiy mustaqilligi va ijtimoiy mas’uliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi. Bu esa davlat va partiyaning tadbirkorlikni rivojlantirish, yosh kadrlar salohiyatini shakllantirish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadlariga mos keladi. |
|
3. |
Loyihaning maqsadi |
Yoshlarning tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish va ularni zamonaviy biznes imkoniyatlaridan foydalana oladigan muvaffaqiyatli tadbirkorlar sifatida shakllantirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan uchrashuvida belgilab berilgan ustuvor vazifalarni keng targ‘ib qilish hamda mazkur uchrashuvdan kelib chiqadigan partiyaviy vazifalarni amalga oshirish. |
|
4. |
Loyihaning vazifalari |
Yosh tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan innovasion g‘oyalar va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni amaliyotga tatbiq etishga yordam berish, yosh tadbirkorlarni jamiyatda ijtimoiy mas’uliyatli biznes yuritishga, ekologik va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga rag‘batlantirish. |
|
5. |
Loyihaning asosiy formatlari |
· “Ustoz–shogird” tizimi – tajribali tadbirkorlar bilan yoshlar o‘rtasida hamkorlik va tajriba almashish · Biznes seminar va treninglar – bank, soliq, bojxona va boshqaruv masalalari bo‘yicha o‘quvlar · Grant, kredit va sheriklik ko‘maklari – yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash |
|
6. |
Individual ko‘rsatkichlar |
· Kamida 500 ta yosh tadbirkor o‘z biznes-loyihasini taqdim etadi · 1 000 nafardan ortiq yoshlar seminar va treninglarda amaliy bilim va ko‘nikmalar oladi |
|
7. |
Loyihaning natijadorligi |
“Yosh tadbirkorlar ligasi” loyihasi amalga oshirilishi orqali yoshlarning tadbirkorlik salohiyati sezilarli darajada rivojlanadi va ular zamonaviy biznes imkoniyatlaridan samarali foydalana oladigan raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllanadi. Loyiha doirasida amalga oshiriladigan seminarlar, treninglar, “ustoz–shogird” tizimi va amaliy tajribalar yosh tadbirkorlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirib, yangi startaplar va innovasion loyihalarni amalga oshirish imkonini yaratadi.
Shu bilan birga, yoshlar partiya va davlat dasturlariga oid tashabbus va takliflar kiritishi orqali ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadi, tadbirkorlikka qiziqishi ortib, barqaror biznes muhiti shakllanadi. Loyiha partiya tizimida istiqbolli yosh kadrlar zahirasi yaratishga va yoshlarning amaliyotga asoslangan tajribasini rivojlantirishga xizmat qiladi. |
|
8. |
Loyihani amalga oshirish muddati |
2025 – 2028 yillar |