Buxoroda yoshlarning kreativ biznes loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Buxoro davlat universitetida O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida “Kreativ tadbirkor yoshlar” forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumning asosiy qismida yoshlar o‘zlarining kreativ va innovasion biznes loyihalarini taqdim etdi. Jumladan, Boburmirzo Toyirov «Robokit», Mirjon Hikmatillayev «Edumate», Zarina Komilova «Recarbon», Mohinur Hikmatillayeva «Kidgarden» va Sevinch Hasanova «TopAI» loyihalari bilan ishtirok etdi.
Taqdimotlar davomida yoshlarning mazkur tashabbuslarini amalga oshirish imkoniyatlari va iqtisodiy ahamiyatiga e’tibor qaratildi. Ishtirokchilarning g‘oyalari yoshlarning bilim va salohiyatini amaliy loyihalarga yo‘naltirish, yangi yechimlar ustida ishlash hamda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga intilishini namoyon etdi.
Forum yakunida faol ishtirokchilar va istiqbolli loyihalar mualliflari partiya faollari hamda deputatlar tomonidan taqdirlandi.