Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 21-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangiliklar

Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz!

21.10.2026 55
Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz!

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida “Halima Xudoyberdiyeva” nomidagi ijod maktabida 21 oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda senator, O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi raisi Pokiza Ahmedjanova, partiya faollari, ijod maktabi o‘qituvchilari va o‘quvchilar ishtirok etdi.

Bayram davomida ona tilimizning millat hayotidagi o‘rni, uni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. O‘quvchilarning she’rlari, badiiy chiqishlari va kuy-qo‘shiqlar tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Zero, ona tilimiz — milliy o‘zligimiz va ma’naviy boyligimiz. Uni qadrlash va rivojlantirish har birimizning burchimizdir.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?