Qashqadaryoda “Ishbilarmon ayol — 2026” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Qashqadaryo viloyatida “Ishbilarmon ayol — 2026” ko‘rik-tanlovining hududiy-respublika bosqichi o‘tkazildi.
Unda vohaning 16 ta tuman va shahridan kelgan tadbirkor, hunarmand va fermer ayollar o‘z faoliyati, erishgan yutuqlari va istiqbolli loyihalarini taqdim etdilar. Tanlov yakuniga ko‘ra, Qarshi shahrida faoliyat yuritayotgan Dilfuza Rahmonova birinchi o‘rinni egalladi. Qarshi tumanidagi “Elona El Fashion” MCHJ rahbari Lobar Ro‘zimurodova ikkinchi, muboraklik tadbirkor Mehriniso Yashuzakova esa uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Tanlovda milliy hunarmandchilik va qishloq xo‘jaligi sohasida samarali faoliyat olib borayotgan ayollarning tajribasi ham alohida e’tirof etildi. Uning milliy naqshlar asosida tayyorlangan gilamlari Eron, Afg‘oniston va Rossiya bozorlariga yetkazib berilmoqda, Turkiyalik tadbirkorlar buyurtmalari ham bajarilmoqda. Shuningdek, Nishon tumanida asalarichilik bilan shug‘ullanayotgan Mahbuba Abdiyevaning asalni sifatli qadoqlash syexini tashkil etish va mahsulotni xorijga eksport qilish borasidagi tashabbuslari e’tiborga loyiq deb topildi.
Tanlov ishtirokchilari “Ishbilarmon ayol — 2026” ko‘rik-tanlovi xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini namoyon etish, ilg‘or tajribalarini ommalashtirish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlashdi.