Sayxunoboddagi sayyor qabulda 61 ta murojaat nazoratga olindi
O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Sayxunobod tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda fuqarolardan 61 ta murojaat kelib tushdi. Ularning aksariyati tibbiyot, ta’lim, elektr energiyasi, ichimlik suvi, gaz, chiqindilar va ijtimoiy yordam masalalariga oid bo‘ldi.
E’tiborlisi, murojaatlarning 27 tasi shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Jumladan, fuqaroga qo‘llanilgan noqonuniy jarima bekor qilindi, yana bir fuqaroning farzandi shifokor ko‘rigidan o‘tkazilib, zarur tibbiy tavsiyalar berildi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Ushbu sayyor qabul aholi muammolariga joyiga chiqqan holda yechim topish, murojaatlarni orqaga surmasdan amaliy natijaga erishish va fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirishga xizmat qiladi.