Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 18-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangiliklar

Xorazmlik yoshlar va ishsiz xotin-qizlarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha loyiha tashkil etildi

16.07.2026 20
Xorazmlik yoshlar va ishsiz xotin-qizlarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha loyiha tashkil etildi

O‘zLiDeP Urganch shahar Kengashi “Yoshlar qanoti” tashabbusi bilan Urganch shahridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazida yoshlar va ishsiz xotin-qizlar uchun amaliy tadbir o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar markazdagi zamonaviy o‘quv xonalari, kompyuter savodxonligi sinflari, ustaxonalar va o‘quv laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Loyiha davomida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar, qisqa muddatli o‘quv kurslari, kasbga qayta tayyorlash va malaka oshirish imkoniyatlari hamda davlat tomonidan yaratilgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zini o‘zi band qilish va shaxsiy biznesni rivojlantirish yuzasidan amaliy tavsiyalar ishtirokchilarga yetkazildi.

Mahorat darslari jarayonida qatnashchilar turli kasb yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etib, yangi ko‘nikmalarni egallash imkoniga ega bo‘ldilar. Loyiha yoshlar va xotin-qizlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularning bandligini ta’minlash hamda mehnat bozorida munosib o‘rin egallashiga xizmat qiluvchi muhim amaliy muloqot maydoniga aylandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?