Singapur menejmentni rivojlantirish instituti talabalariga biznesni yuritish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi
“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi hamda Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti hamkorligida yoshlar uchun tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mahorat darsi tashkil etildi. Tadbirda jami 80 nafar yosh ishtirok etib, ularga biznesni boshlash va yuritish bo‘yicha amaliy bilimlar berildi.
Trening davomida ishtirokchilar startap g‘oyalarini ishlab chiqish, biznes-reja tuzish, bozor tahlili va raqobat muhitida o‘z o‘rnini topish kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi. Shuningdek, intellektual savol-javoblar, karving va mahorat namoyishlari orqali yoshlarning ijodiy salohiyati ham namoyon etildi.
Tadbir yakunida faol ishtirokchilar sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bu kabi amaliy loyihalar yoshlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ayniqsa xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.