Sport musobaqalarining Samarqand viloyat bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashkil etilganining 23 yilligi munosabati bilan boshlang‘ich partiya tashkilotlari faollari o‘rtasida O‘zLiDeP kubogi sport musobaqalari tashkil etildi.
Musobaqaning Samarqand viloyati bosqichi Samarqand shahridagi Sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabida ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Viloyatdagi 16 ta tuman va shahar bosqichlarida 200 nafardan ortiq faol ishtirok etib, o‘z mahorat va jismoniy tayyorgarligini namoyish etdi.
Tuman va shahar bosqichlarida A, V va S ligalari bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan ishtirokchilar viloyat bosqichida g‘oliblik uchun bahs olib bordi. 48 nafar ishtirokchi qatnashgan musobaqa yakuniga ko‘ra, “A” ligada Aziz Boshmonov, “V” ligada Azim Rahmonov, “S” ligada esa Xurshida Rabobova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
O‘zLiDeP kubogi nafaqat partiya faollarining jismoniy faolligini oshirish, balki boshlang‘ich partiya tashkilotlari o‘rtasida hamjihatlik, do‘stlik va sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlashga ham xizmat qildi. Bunday musobaqalar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yoshlarning sportga qiziqishini oshirish hamda faol va tashabbuskor partiya a’zolarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.