Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 02-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Agrar universiteti talabalarining “Start-up” loyihalari namoyish etildi

25.05.2026
181

Toshkent davlat agrar universitetida O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida “Yoshlarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi asosida ochiq muloqot va amaliy muhokama tashkil etildi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar, faol talabalar va innovasion g‘oyalar ustida ish olib borayotgan yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida “AgriTech”, “EdTech”, “FinTech”, “HealthTech”, “GreenTech” va “TourismTech” yo‘nalishlaridagi qator startap tashabbuslar taqdim etildi. Xususan, sun’iy intellekt asosida suv tejovchi texnologiyalar, raqamli ta’lim platformalari, fermerlar uchun mobil moliyaviy xizmatlar hamda ekologik va turizmga oid innovasion yechimlar muhokama qilindi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan startaplarni amaliyotga joriy etish, investorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va yoshlarni tadbirkorlik muhitiga keng jalb etish bo‘yicha takliflar bildirildi. Tadbir yakunida yoshlarning innovasion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va amaliy loyihalarga aylantirish ishlari izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?