Asosiy kontentga o‘tish
Juma 15-may 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Bir kunda — 1000 kitob” aksiyasi yoshlarni birlashtirdi

15.05.2026
32

“Bir kunda — 1000 kitob” aksiyasi doirasida Al-Xorazmiy universitetida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Muloqotda deputatlar, partiya faollari, professor-o‘qituvchilar va yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish masalalari haqida so‘z bordi.

Tadbir davomida universitet kutubxonasiga badiiy va siyosiy-huquqiy adabiyotlar sovg‘a qilindi. Bu esa talabalarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, yoshlarning siyosiy-huquqiy savodxonligi, startap va innovasion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash, mediasavodxonlikni oshirish kabi muhim mavzular yuzasidan fikr almashildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?