Shanba 21-Dekabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Buxorolik tadbirkorlar hamda aholi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi

20.07.2024
509

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov Buxoro viloyatidagi “Shernur” MCHJda bo‘ldi. Mebelsozlikka ixtisoslashgan mazkur korxonada 10 dan ziyod yigit-qiz mehnat qilmoqda.

Muloqotda davlatimiz rahbari tomonidan tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik haqida so‘z yuritilib, sohaga oid qonunchilik takomillashtirilib borilayotgani ta’kidlandi.

– Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotimizning asosiy drayverlaridan biriga aylanib bormoqda, – deydi O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi A.Xaitov – Kuni-kecha davlatimiz rahbari raisligida bo‘lib o‘tgan hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha birinchi yarim yillik tahlili va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham mazkur masalaga alohida e’tibor qaratilgan. Soha xodimlari va partiyamiz faollari oldida turgan bugungi asosiy vazifa ham Prezidentimiz tavsiya va ko‘rsatmalari asosida tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantirishga hissa qo‘shishdan iborat.

Uchrashuv yakunida tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan muammolar haqida gapirishdi. Ularning muammolarini hal qilish bo‘yicha tegishli taklif-tavsiyalar berildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?