Payshanba 31-Oktyabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Deputat tashabbusi bilan bepul o‘quv kursi faoliyati yo‘lga qo‘yildi

15.06.2024
186

Sharof Rashidov tumanida ayni paytda 242 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Boshqa joylarda bo‘lgani kabi, bu yerda ham dardli muammo – kambag‘allikni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarda aholini kasb – hunarga o‘qitish, shu asnoda ularning bandligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. E’tiborli tomoni, ushbu ezgu sa’y-harakatlarda maslakdosh deputatlarimizning o‘rni katta bo‘lmoqda.

Yaqinda partiya tuman bo‘limi raisi, xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, taniqli tadbirkor Sharofat Noriyeva tashabbusi bilan xayrli ishga qo‘l urildi. Maslakdosh deputatimiz hokim yordamchisi sifatida faoliyat olib borayotgan “Olmachi” mahalla fuqoralar yig‘ini hududida “Agrobank” ATB viloyat filiali bilan hamkorlikda “Gulchi opa” o‘quv kursi yo‘lga qo‘yildi.

Bu yerda xotin-qizlarga o‘z tomorqalarida, shuningdek, qishloq ho‘jaligi va chorvachilik yo‘nalishlaridagi serdaromad sohalarda bilim va ko‘nikmalar hosil qilishlariga ko‘maklashish bosh maqsad qilib qo‘yilgan. O‘quv kursida 22 ta yo‘nalish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, birgina tomorqachilik yo‘nalishida, an’anaviy sabzavot va ko‘kat, gul yetishtirishdan tortib, qulupnay, qo‘ziqorin kabi serdaromad 10 dan ortiq yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalar berilmoqda.

5 kun davom etadigan o‘quv va amaliy mashg‘ulotlardan so‘ng ishtirokchilar maxsus sertifikat egasiga aylanishadi.

Deputat tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan o‘quv kursida yil oxirigacha 2 ming nafar jizzaxlik xotin-qizlarni kasb – hunarga o‘qitish rejalashtirilgan.


Xolbek Asatov

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlari bilan

ishlash bo‘limi mudiri

Saytni yangi dizayni yoqdimi?