Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 04-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP delegatsiyasi ICAPP Doimiy qo‘mitasining 46-yig‘ilishida ishtirok etdi

04.11.2026
16

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov boshchiligidagi delegatsiya 4–7 noyabr kunlari Osiyo siyosiy partiyalari xalqaro konferensiyasining (ICAPP) 13-Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun Koreya Respublikasining Seul shahriga tashrif buyurdi.

Bosh Assambleyaning asosiy majlislari boshlanishidan avval, 4 noyabr kuni tashkilot Doimiy qo‘mitasining 46-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zLiDeP vakillari ham qatnashib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan qizg‘in muhokamalarda ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Bosh Assambleyaga tayyorgarlik, uning Byurosiga nomzodlar, Seul deklaratsiyasi loyihasi, Doimiy qo‘mita tarkibi va faoliyatiga oid tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ICAPPning 2027 yilgi ish dasturlari, yoshlar va xotin-qizlar, ishbilarmonlik hamda madaniy hamkorlik yo‘nalishlaridagi tadbirlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

"O‘zgaruvchan dunyoda ishonchni tiklash" mavzusidagi Bosh Assambleya doirasida barqaror tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, demokratiya va davlat boshqaruvini mustahkamlash, umumiy farovonlik yo‘lida sun’iy intellektni rivojlantirish hamda iqlim o‘zgarishi masalalariga e’tibor qaratilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zLiDeP 2025 yilda ICAPP Doimiy qo‘mitasi a’zoligiga saylangan. Partiya ushbu tuzilma doirasida siyosiy partiyalar o‘rtasidagi muloqot va amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muhokamalarda ishtirok etib kelmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?