Yoshlarni tadbirkorlik va ilm-fanga jalb etish – O‘zLiDePning ustuvor vazifasidir
O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida partiyaning “Yosh tadbirkor va ishbilarmon yoshlar klubi” hamda “Yosh olimlar ligasi” loyihalari doirasida Qarshi shahridagi “Oydin” mahallasi yoshlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni ilm-fanga keng jalb etish va mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi.
Muloqotda yoshlarning biznes g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish hamda bu borada yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida so‘z yuritildi. Qarshi shahar Kengashi apparat rahbari M. Ahmedova esa “Yosh olimlar ligasi” loyihasining ahamiyati, yoshlarning ilmiy izlanishlarini rag‘batlantirish, intellektual salohiyati va ilmiy tashabbuslarini rivojlantirish masalalariga to‘xtaldi.
Ochiq muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, o‘z fikr-mulohaza va takliflarini bildirdilar. Ta’kidlanganidek, bunday uchrashuvlar yoshlarning bilim va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularning tadbirkorlik hamda ilm-fan sohasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, istiqbolli g‘oyalarini amalga oshirishga xizmat qiladi.