Shanba 21-Dekabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Deputatlik eshituvi: ajratilgan imtiyozli kreditlarning maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlandi

15.06.2024
231

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Agrobank Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi boshqaruvchisi Farrux Tolibovning hisoboti tinglandi.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasing 50 - maqsadida belgilangan bank tizimida islohotlarni jadallashtirish, bank xizmatlari bozori hajmini oshirish va sohada raqobatni rivojlantirish bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman Agrobankda olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Prezident qaroriga muvofiq tumanda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 2023 yilda bank filiali tomonidan 40 944,0 mln so‘m imtiyozli kreditlar ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 2023 yilda ushbu yo‘nalishda 1560 ta loyihalarga jami 38 022,7 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.

Ajratilgan imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish va kredit mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan olib borilayotgan jamoatchilik nazorati jarayonida Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida 2023 yilning mart-aprel oylarida 467 ta loyihalarga ajratilgan 9 215,3 mlrd.so‘mlik loyihalardan 53 ta loyihalarga ajratilgan 1 201,7 mln. so‘mlik imtiyozli kreditlardan maqsadsiz foydalanilganligi aniqlangan.

Ushbu talablardan kelib chiqib, kreditlardan samarasiz va maqsadsiz foydalanilgan holatlar yuzasidan kreditlarni muddatidan oldin so‘ndirilishida amaliy yordam so‘rab tuman prokraturasiga ma’lumotnoma kiritish ishlari ko‘rilgan. Yig‘ilish davomida soha mas’ullari tomonidan ajratilgan imtiyozli kreditlarning maqsadsiz foydalanish holatlarini kelgusida oldini olish hamda loyihalarning samaradorligini oshirish maqsadida takliflar bildirildi.

Jumladan, Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyanomasi va dalolatnomasiga asosan tijorat banklari tomonidan moliyalashtirilgan loyihalarning samarali foydalanilishini Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlarida doimiy muhokama qilib borish va ushbu yo‘nalishlarda tumanlardagi Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari qoshida dastur doirasida ajratilayotgan kreditlar maqsadliligini o‘rganish bo‘yicha markaz xodimlari, tuman deputatlari, xokim yordamchilari, tijorat banklari mas’ullaridan iborat doimiy ishchi guruh tuzish qat’iy jamotchilik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Yazdon Toshonov,

O‘zLiDeP Kattaqo‘rg‘on tuman

Kengash raisining birinchi o‘rinbosari - apparat rahbari

Saytni yangi dizayni yoqdimi?