Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 16-sentyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Do‘stlikda sayyor qabul: 9 nafar fuqaroga 16,5 million so‘mlik yordam ko‘rsatildi

15.09.2026
40

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida Mobil shtabning navbatdagi sayyor qabuli tashkil etildi. Ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tgan qabulda fuqarolarning murojaatlari bevosita joyida o‘rganilib, 14 ta murojaatning 10 tasi shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha ham mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi. Bu esa aholi muammolarini ortiqcha ovoragarchiliksiz, joyida o‘rganish va amaliy yechim topishga qaratilgan yondashuvning muhim natijasidir.
Sayyor qabul doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj 9 nafar fuqaroga jami 16,5 mln so‘mlik moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, partiya faollari va tadbirkorlar tashabbusi bilan 3 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlandi. Jumladan, A. Navoiy mahallasida yashovchi Ilhom Karimovning murojaati ijobiy hal qilinib, u “Adxam xaydarov” korxonasiga doimiy ishga joylashtirildi. Bunday amaliy yordamlar sayyor qabullarning aholi hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatayotganining isbotidir.
Partiyaning “Xalq bilan birga” dasturi doirasidagi sayyor qabullarda aholi bilan yelkama-yelka turib ishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, insonni qiynayotgan muammolarni eshitishning o‘zi yetarli emas — uni hal etish, fuqaroga ko‘mak berish va natijani ta’minlash muhim. O‘zLiDePning bunday sayyor qabullari orqali aholi murojaatlariga joyida yechim topish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va ishsizlarni bandlikka yo‘naltirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?