Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 16-sentyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Gulistondagi sayyor qabulda 37 murojaat shu joyning o‘zida yechim topdi

15.09.2026
43

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Guliston shahrida navbatdagi sayyor qabul tashkil etilib, aholi murojaatlari bevosita joyida o‘rganildi. Unda senator Pokiza Ahmedjanova, partiyaning viloyat va shahar Kengashi deputatlari, partiya hamda mahalliy hokimlik mutasaddilari ishtirok etdi. Qabul davomida fuqarolardan 62 ta murojaat kelib tushib, ularning asosiy qismi tibbiyot, ta’lim, elektr energiyasi, ichimlik suvi, gaz ta’minoti, chiqindilarni olib chiqish va ijtimoiy yordam masalalariga taalluqli bo‘ldi.
E’tiborlisi, murojaatlarning 37 tasi shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Qolgan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar va mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosini ta’minlash vazifasi belgilandi.
Ta’kidlash kerak, O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” dasturi doirasidagi bunday sayyor qabullar partiyaning aholi bilan ochiq va bevosita muloqotini kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Fuqarolarni qiynayotgan masalalarning joyida o‘rganilishi, hal etilishi mumkin bo‘lgan murojaatlarni tezkor bartaraf etish va qolgan muammolar ijrosini nazoratga olish — aholi ishonchini mustahkamlashning muhim omilidir.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?