Shanba 14-Iyun 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Harbiy forma tikish – bu mening Vatanga bo‘lgan muhabbatim

11.06.2025
120

Ayni kunlarda "Ishbilarmon ayol - 2025" ko‘rik-tanlovining respublika bo‘ylab mahallalarda saralash bosqichlari o‘tkazilmoqda. Shovot tumanida tashkil qilingan ko‘rik-tanlovda 23 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi eng faol va ilg‘or tadbirkor ayollar bellashishdi. 

Ana shunday tadbirlardan biri Shovot tumanidagi “Asavey”  MFYda bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan Zebo Yusupova buyurtma asosida maxsus kiyimlar  ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelmoqda. “Zilola 95” xususiy korxonasi bir necha yillardan buyon maxsus ish kiyimlari, ayniqsa, harbiy formalar tikishga ixtisoslashgan.

- Asosiy yo‘nalishimiz - harbiy kiyimlar tikish, - deydi  “Zilola 95” xususiy korxonasi rahbari Z.Yusupova. - Bu ish bizga faxr tuyg‘usini baxsh etadi. Chunki yurtimiz ravnaqi, xavfsizligi va tinchligi uchun xizmat qilayotgan insonlar kiyadigan formani sifatli, qulay va zamonaviy qilib tayyorlash - biz uchun sharaf. Yurtimiz rivojiga o‘z hissamizni qo‘shayotganimizni his qilish bizga yanada ilhom va kuch-g‘ayrat beradi.

Bugungi kunda korxonada 5 nafardan ortiq mahalliy xotin-qizlar doimiy ish bilan ta’minlangan. 30 xil turdagi mahsulotlar tayyorlanib aholiga yetkazib berilmoqda.

Tadbir davomida eng faol, tashabbuskor va ilg‘or loyihalar egasi bo‘lgan xotin-qizlar tanlab olinib, ular tanlovning navbatdagi tuman bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?