Oltiariqlik tadbirkor ayol tajribasi e’tirof etildi
Oltiariq tumanida “Mahallaning ishbilarmon ayoli” ko‘rik-tanlovi doirasida "Mustaqillik" MFYda yashovchi tomorqachi ayol — Gulxayo Axmedova faoliyati o‘rganildi.
Tadbirkor 4,5 sotix yerda zamonaviy issiqxona tashkil etib, manzarali va mavsumiy gullar yetishtirmoqda. Yiliga o‘rtacha 80 million so‘m daromad qilib, 3 nafar ayolni doimiy ish bilan ta’minlagan.
Tadbirkor ayolning mehnati yuqori baholanib, u loyihaning keyingi bosqichiga tavsiya etildi. Bunday tashabbuslar ayollar bandligi va oilalar daromadini oshirishga xizmat qilmoqda.