Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 28-sentyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP «Yashil makon» umummilliy loyihasi ijrosida faol ishtirok etadi

28.09.2026
60

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Prezidentimizning «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirishda mahallalar rolini kuchaytirishga qaratilgan yangi farmoni ijrosi yuzasidan vazifalar belgilab oldi. Unda hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, mahallalarda yashil hududlarni kengaytirish va belgilangan vazifalarni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Farmonga muvofiq, 1 oktyabrdan respublikada «Tozalik va ozodalik» dolzarb ikki oyligi o‘tkaziladi. 2027 yil 1 yanvardan «Yashil mahalla» loyihasi doirasida «Mahallani yashillashtirish» paketi, shuningdek, «Yashil lot» tizimi joriy etiladi. Hududlarni ko‘kalamzorlashtirishda «3-30-300» tamoyilini qo‘llash ham ko‘zda tutilgan. Unga ko‘ra, har bir inson yashash, ishlash yoki o‘qish joyidan kamida uchta daraxtni ko‘rishi, hududning kamida 30 foizi daraxtlar soyasi bilan qoplanishi va uydan 300 metr masofada yashil dam olish hududi bo‘lishi nazarda tutiladi.

Yig‘ilishda farmon ijrosini joylarda ta’minlash maqsadida partiya vakillari, deputatlar va faol a’zolardan iborat ishchi guruhlar shakllantirildi. Shuningdek, amalga oshiriladigan ishlarni bosqichma-bosqich tashkil etish, hududlardagi jarayonlarni o‘rganish va tahlil qilish, aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

Partiya vakillari va deputatlar joylarda ushbu jarayonlarda faol ishtirok etib, mahallalarda targ‘ibot va tushuntirish ishlarini tashkil etish, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini qo‘llab-quvvatlash, amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratiladi. Maqsad — «Yashil makon» tashabbusini har bir mahallada amaliy natijaga aylantirish.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?