Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 29-sentyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Tojikistonga mahsulot eksport qilayotgan denovlik tadbirkor “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

29.09.2026
39

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan “Xalq bilan birga” umummilliy loyihasi doirasida “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining respublika-hududiy bosqichi o‘tkazildi.
Termiz shahridagi 2-sonli texnikumda tashkil etilgan tadbirda tanlovning hududiy bosqichida saralangan 14 nafar ishtirokchi o‘z faoliyati, ishlab chiqarayotgan mahsulotlari va amalga oshirayotgan loyihalarini namoyish qildi.
Tanlov yakuniga ko‘ra, 1-o‘rin Denov tumanidagi “Muhsinovlar” oilaviy korxonasi rahbari Madina Muhsinovaga, 2-o‘rin Boysun tumanidagi “Dream Shahrinaz” oilaviy korxonasi rahbari Nilufar Jo‘rayevaga, 3-o‘rin esa Sherobod tumani vakili, yakka tartibdagi tadbirkor Dilnoza Abdurasulovaga nasib qildi.
Ta’kidlash kerak, g‘olib Madina Muhsinovaning ta’kidlashicha, ko‘p tarmoqli oilaviy korxona asosan tikuvchilik, shuningdek, qandolatchilik, asalarichilik va konserva mahsulotlari tayyorlash bilan shug‘ullanadi. Korxonada yoshlarga kasb o‘rgatish maqsadida o‘quv markazi ham tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda 350 nafar kishi ish bilan ta’minlangan, mahsulotlar Tojikistonga eksport qilinmoqda. Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?