Shanba 21-Dekabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Qashqadaryoda yil yakuniga qadar xorijiy sayyohlar oqimini 500 mingga, mahalliy turistlarni 4 millionga, turizm xizmatlari eksporti 100 mln dollarga yetkaziladi

15.06.2024
361

Qashqadaryoda yil yakuniga qadar xorijiy sayyohlar oqimini 500 mingga, mahalliy turistlarni 4 millionga, turizm xizmatlari eksporti 100 mln dollarga yetkaziladi

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining O‘zLiDeP deputatlik guruhi yig‘ilishida “Yangi turizm yo‘nalishlari, xususan, turizm qishlog‘i, turizm va gastronomik ko‘chalar, ziyorat turizmi marshrutlari, plyaj, suvda va cho‘l hududlarida dam olish turizmi tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish, viloyatda tematik turistik zonalar va klasterlarni yaratish, “To‘siqsiz turizm”ni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Qashqadaryo viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Turizm bosh boshqarmasi boshlig‘ining hisoboti eshitildi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, turizm sohasi bugungi kunda jahon iqtisodining asosiy drayverlaridan biriga aylanib bormoqda. So‘nggi 3 yilda viloyatda turizm infratuzilmasini yaxshilash hamda yaratilgan imkoniyatlar natijasida joylashtirish vositalari 81 tadan 327 taga, o‘rinlar 5 500 taga, turoperatorlar soni 34 taga yetdi. Turizm sohasida 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan qiymati 105 mln dollarlik 151 ta hududiy investitsiya loyihalaridan, 93 tasi to‘liq ishga tushirildi. Turizm va yondosh sohalarida 14 204 ta ish o‘rni yaratildi. 2023 yilda viloyatga 2 mln 109 ming nafar mahalliy, 222 ming nafar xorijiy sayyohlar tashrif buyurib, turizm xizmatlari eksporti 45 mln dollarga yetkazildi.

7 ta turistik toifadagi transport vositalari xizmati yo‘lga qo‘yilib, umumiy qiymati 16 mlrd so‘mlik 4 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali turizm va yondosh sohalarda 492 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi. 4 iyundan sayyohlar Turkiya davlatiga aviqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Shahrisabzda turistlarni ko‘proq olib qolishga undaydigan jozibador yo‘nalishlar yo‘qligi uchun sayyohlar kam kelardi. Endilikda Hisorak suv ombori hududida 2 ta 20 o‘rinli katerda sayohat xizmati tashkil etilib, yangi turizm marshruti yaratilib¸ kuniga 300 sayyohga xizmat ko‘rsatiladigan bo‘ldi.

Deputatlardan Ismigul Xushmurodova, Islomiddin Abrorov va boshqalar vohada ekoturizmni rivojlantirish yaxshi samara berishi, ammo Kitobda qurilgan sement zavodi ekologiyaga qattiq ta’sir etayotgani, bu haqda mutasaddilarning loqaydligi, nogironlarning muqaddam qadamjolarga ziyorat qilishi uchun sharoit yo‘qligi, ichki yo‘llarning ta’mirtalabligi, vohaga sayyohlarni jalb etish uchun jozibador yo‘nalishlarni ko‘paytirish borasidagi ishlar yetarli emasligi xususida fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?