Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 02-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Xorаzmlik deputatlar tadbirkorlarning buxgalteriya xarajatlarining bir qismini soliqdan chegirish tartibini qo‘llab-quvvatlashdi

25.05.2026
143

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashida O‘zLiDeP deputatlik guruhi ishtirokida o‘tkazilgan jamoatchilik eshituvida soliq siyosatidagi yangiliklar va tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar atroflicha muhokama qilindi. 

Tadbirda viloyat soliq boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi yutuqlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan axborot berildi. Asosiy e’tibor 2026 yilga mo‘ljallangan soliq siyosati konsepsiyasi doirasidagi islohotlarga qaratildi.Muhokamalarda tadbirkorlik sub’yektlari uchun yaratilayotgan yengilliklar, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha choralar hamda soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish masalalari ko‘tarildi. Ayniqsa, aylanmadan olinadigan soliqdan QQS va foyda solig‘i tizimiga o‘tayotgan tadbirkorlar uchun bir yil foyda solig‘idan ozod etish, dastlabki davrda jarima qo‘llanmasligi hamda buxgalteriya xarajatlarining bir qismini soliqdan chegirish kabi yengilliklar muhim qadam sifatida qayd etildi.

Shuningdek, soliq hisobotlarini raqamlashtirish va avtomatik shakllantirish tizimini joriy etish orqali ortiqcha qog‘ozbozlikni qisqartirish, kichik biznes va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, chekka hududlarda tushuntirish ishlarini kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Deputatlar soliq islohotlari tadbirkorlik muhitini yaxshilash, investisiya jozibadorligini oshirish va aholi daromadlarini ko‘paytirishda muhim omil bo‘lishini ta’kidladilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?