Yakshanba 08-Sentyabr 2024-yil
Sayt sinov rejimida
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zbek va qirg‘iz xalqlarining azaliy do‘stligi yangi bosqichga ko‘tarildi

20.07.2024
295

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan mamlakatimizga tashrif buyurgan Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov ko‘p qirrali hamkorlikni uzoq muddatga tubdan kengaytirish uchun yaxshi zamin yaratilganini, ayniqsa, ta’kidladi. Har tomonlama strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonotning imzolanishi ikki tomonlama munosabatlarni yanada yuqori bosqichga olib chiqishi shubhasiz.

Yaqin bir necha yil ichida savdo hajmi 2 milliard dollarga yetishi quvonarli. Demak, qirg‘iz birodarlarimiz bilan o‘zimizdagi narsalarni baham ko‘rsak, ular ham o‘z navbatida bizda yo‘q mahsulotlarni berishadi. Bu hamkorlik yaxshi qo‘shnichilikning eng olijanob fazilatidir.

Shu bilan birga, strategik ahamiyatga ega mintaqaviy loyihalarni, jumladan, “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi va Qambarota GES-1 qurilishini jadal amalga oshirishga katta ahamiyat berildi. Bu ham ikki davlat xalqlari uchun juda muhim masala bo‘lib, shartnoma imzolanishidan ikki tomon ham birdek manfaatdor.

Ma’lumki, O‘zbekiston ham, Qirg‘iziston ham qator xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarga a’zo. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi va boshqa ko‘p qirrali platformalar doirasida yaqin hamkorlik davom etishi ta’kidlandi. Savdo hajmini oshirish, birinchi navbatda, import o‘rnini bosish dasturlari va hamkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar muhokama qilindi.

“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi bo‘yicha strategik loyiha bo‘yicha uch tomonlama shartnoma imzolangani bu boradagi tarixiy voqea bo‘ldi. Madaniyat, yoshlar, turizm, ta’lim, fan va sport sohalarida faol almashinuvlar davom etadi. Bularning barchasi bizni juda xursand qiladi. Chunki qo‘shni davlatlar bilan do‘stona munosabatda bo‘lsak, bir-birimizga yordam qo‘lini cho‘zsak, yaxshi damlarda ham, qiyin damlarda ham birga bo‘lsak, bunday hamkorlik albatta ijobiy natijalar beradi.

Qirg‘iziston va O‘zbekiston rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvi ikki davlatning porloq kelajagi va taraqqiyoti yo‘lida muhim qadam bo‘lishi shubhasiz.

Dilbar Usmonova

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Saytni yangi dizayni yoqdimi?