Yakshanba 13-Oktyabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O’zLiDeP ilm va ijod ahlini qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnat va yashash sharoitlarini yaxshilash tarafdori

25.09.2024
183

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining saylovoldi tashviqoti tadbirlari doirasida 2024 yil 25 sentabr kuni Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi “Kitoblar olami” markazida partiyadan ko‘rsatilgan nomzodlar ishtirokida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yozuvchi, shoirlar, yosh ijodkorlar, noshirlik tashkilotlari vakillari hamda yosh kitobxonlar ishtirok etdi.

Tadbir doirasida partiyaning saylovoldi dasturida ma’naviyat yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan vazifalar taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, noshirlik va matbaa sohalarini rivojlantirish, ular faoliyatini tartibga solish, kitobxonlikni yanada rivojlantirish borasida 2019-2023-yillar davomida jami 10 ta me’yoriy-huquqiy hujjat, jumladan, 1 ta qonun, 3 ta Prezident qarori, 6 ta Hukumat qarori va farmoyishi, 29 ta davlat standarti qabul qilingan.

Noshirlik sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlari soni 2020-yilga nisbatan qariyb 3,5 barobarga oshgan. Nashriyotlarning 59 tasi davlat ulushiga ega bo‘lsa, 473 ta nashriyot xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri keladi.

O’zLiDeP tadbirkor va ishbilarmonlar manfaatlarini himoya qiladigan eng yirik siyosiy kuch sifatida xususiy sektordagi nashriyotlar faoliyatini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi.

Jumladan, biznes yuritishni yanada soddalashtirish, 1000 ga yaqin byurokratik talablarni bekor qilish, litsenziyalar sonini ikki baravarga kamaytirish, litsenziya bekor bo‘ladigan 60 ta faoliyat uchun xabardor qilish tizimini joriy etish partiyaning keyingi besh yillikdagi ustuvor vazifasidir. Shuningdek, soliq ma’murchiligi tizimini soddalashtirish, barcha tadbirkorlar uchun soliq to‘lash borasida adolatli va teng sharoitlar yaratish kabi vazifalar ham matbaa sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning manfaatlariga xizmat qiladi.

Matbaa sohasi rivoji bevosita matbuot sohasining erkinlashuviga bog‘liq. Shuning uchun O’zLiDeP erkinlik va ochiqlik siyosatini izchil davom ettirish, ommaviy axborot vositalari faoliyati erkinligi, fuqarolarning axborot olish, undan foydalanish va tarqatishga bo‘lgan huquqlarini qat’iy kafolatlash, so‘z erkinligiga qarshi har qanday urinishlarga qarshi turish
va mustaqil nodavlat matbuot tizimini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga ham jiddiy e’tibor qaratmoqda.

Shuningdek, partiya vakillari va nomzodlari yangi O’zbekistonni yuksak madaniyat va ma’naviyatga ega bo‘lgan, erkin va baxtli insonlar yashaydigan mamlakatga aylantirish uchun butun kuch va imkoniyatlarini ishga solishini, ilm ahli va ijodkor ziyolilarga doimiy e’tibor qaratilib, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, mehnat va yashash sharoitlarini yaxshilash ishlari davom ettirilishini, 2030 yilga qadar ilm-fanga yo‘naltirilgan mablag‘larning ulushini 10 barobarga oshirish partiya dasturining ustuvor vazifalaridan biri etib belgilanganini ta’kidlashdi.

Bir so‘z bilan aytganda, O’zLiDeP keyingi besh yillik uchun o‘z zimmasiga olayotgan vazifalar ma’naviy hayotimizni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Tadbirda ishtirokchilar tomonidan bir qator muhim takliflar bildirildi. Jumladan, noshirlik va bosma mahsulotlarining sifati va tartibini yaxshilash bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish, matbaa sohasi mutaxassislarini tayyorlash uchun maxsus o‘quv dargohlarini tashkil etish, hamda kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida imtiyozli narxlar joriy etish kabi masalalar ilgari surildi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar bo‘lajak saylovlarda O’zLiDePni qo‘llab-quvvatlab ovoz berishga chaqirildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?