Dushanba 10-Mart 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Agrar sohadagi tavakkalchiliklarni sug‘urtalash tizimi joriy etiladi

04.03.2025
110

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharifning mamlakatimizga tashrifining mazmun-mohiyati va ahamiyati muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, qadimiy buyuk Ipak yo‘lida joylashgan O‘zbekiston va Pokiston xalqlarini azaldan umumiy tarix, o‘xshash til va boy ma’naviy meros bog‘lab turadi. Keyingi yillarda esa ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.

So‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi barqaror o‘smoqda. Masalan, 2024-yilda tovar ayirboshlash hajmi 400 million dollardan oshgan bo‘lsa, qo‘shma korxonalar soni 130 taga yetdi. Hozirgi kunda tomonlar o‘zaro savdo hajmini yanada oshirish, sanoat kooperatsiyasini jadallashtirishga qaratilgan qo‘shma choralar ustida faol ishlamoqda.

Fraksiya a’zolari O‘zbekiston va Pokiston munosabatlari haqida to‘xtalib, keyingi yillarda ikki davlat tadbirkorlari ishtirokida biznes-forumlar tashkil etish orqali yangi investitsion loyihalar va shartnomalar imzolanishiga zamin yaratilayotgani, bu esa ishbilarmon doiralar o‘rtasida savdo, investitsiya va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga yordam berayotganini ta’kidladilar.

Mazkur tashrif va uning doirasida imzolangan hujjatlar o‘zaro ishonch va anglashuv poydevoriga asoslangan ikki tomonlama hamkorlikda yangi sahifa ochishga zamin yaratishi qayd etilib, bu borada partiya va uning fraksiyasi oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan navbatdagi masala — “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bo‘ldi.

Ushbu qonun loyihasining asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. U bilan qishloq xo‘jaligi sug‘urtasining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslarini belgilash, qishloq xo‘jaligi sohasida tavakkalchiliklarini sug‘urtalash jarayonida ishtirok etuvchi subyektlarning huquq va majburiyatlari nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, loyihada qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasini tashkil etish, jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari, sug‘urtalanishi lozim bo‘lgan tavakkalchiliklar, sug‘urta mukofotlari bo‘yicha subsidiyalar berishning huquqiy asoslari ham belgilanyapti.

Munozaralar davomida fraksiya a’zosi Abdumannop Bo‘riyev qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash davomida mas’ul qo‘mita tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Uning aytishicha, o‘tgan davrda fraksiya a’zolari bergan barcha takliflar chuqur tahlil qilinib, ularning aksariyat qismi hujjat matnida aks ettirilgan va u har tomonlama pishiq-puxta holatga keltirilgan.

Deputatlar ushbu hujjat bilan qishloq xo‘jaligi ekinlariga xavf-xatarlar tufayli zarar yetgan hollarda zararning o‘rnini qoplashning huquqiy asosi yaratilishini e’tiborga olib, uni qo‘llab-quvvatladilar.

Yig‘ilishda muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?