Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 09-sentyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Andijonda turizmni rivojlantirish va oziq-ovqat narxlarini arzonlashtirish choralari muhokama qilindi

09.09.2026
78

Ta’kidlash kerak, so‘nggi 8 yilda Andijonda 40 ta yangi turizm marshruti tashkil etilib, viloyatga 1 million 595 ming nafar xorijiy va 7 million 584 ming nafar mahalliy sayyoh tashrif buyurdi. Natijada turizm xizmatlari eksporti 509,2 million AQSH dollariga yetdi. Ayniqsa, tibbiyot turizmi rivojlanib, stasionar xizmatlar uchun 7 ming 760 nafar, ambulator xizmatlar uchun esa 12 ming 570 nafar xorijiy fuqaro Andijonga kelmoqda.

Jamoatchilik eshituvida aholi uchun oziq-ovqat mahsulotlarining hamyonbopligini ta’minlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Qayd etilganidek, viloyatdagi 17 ta markaziy dehqon bozorida “Daladan dasturxongacha” tamoyili asosida arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etilib, go‘sht, tuxum, guruch, kartoshka, piyoz, sabzi, un, yog‘ va boshqa mahsulotlar aholiga 25–30 foizgacha arzon narxlarda taklif etilmoqda. Shuningdek, kelgusi qish-bahor mavsumi uchun 2 ming 40 tonna asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zaxirasini yaratish rejalashtirilgan.

Eshituv yakunida deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar umumlashtirilib, aholi va tadbirkorlar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?