Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 09-sentyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Davlatobodda xalq dardi tinglandi: murojaatlar yechimi bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi

09.09.2026
79

O'zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston — yoshlar ziyo maskani”da navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, tuman hokimi, Markaziy bankning viloyat boshqarmasi rahbari, mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, fuqarolarning murojaat va takliflarini bevosita tingladi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan 50 dan ortiq murojaatlar kelib tushularning 22 tasi joyida ijobiy hal etildi.

Xususan, xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini tashish uchun transport vositasi ajratish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi. Shuningdek, sog‘lig‘ida muammosi bo‘lgan 10 nafarga yaqin fuqaro bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga zarur tavsiyalar va ixtisoslashtirilgan davolash muassasalariga yo‘llanmalar berildi. Ishsiz fuqarolarga bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilinib, nafaqa va ijtimoiy yordam bilan bog‘liq bir qator masalalar ham tegishli tashkilotlar ishtirokida hal etildi.

Qo‘shimcha o‘rganishlar talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar va ijro muddatlari belgilanib, ular deputatlik nazoratiga olindi. Sayyor qabulda har bir murojaatga inson taqdiri va manfaati bilan bog‘liq masala sifatida yondashish muhimligi alohida ta’kidlandi. “Xalq bilan birga” dasturi doirasidagi bunday ochiq muloqotlar aholi muammolarini joyida o‘rganish, ularga amaliy yechim topish va davlat idoralari bilan xalq o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?