Seshanba 03-Dekabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Debatlar O‘zLiDeP g‘oya va maqsadlarini kengroq targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda

19.10.2024
129

Siyosiy partiyalar o‘rtasidagi teledebatlarning navbatdagi 4-raundi bo‘lib o‘tdi. Bu galgi teledebat qizg‘in bahs-munozaralar, chin ma’noda g‘oya va maqsadlar bellashuviga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Aytish kerakki, ushbu format O‘zLiDeP uchun ayni muddao bo‘lmoqda. Negaki, bu jarayonda partiyamiz saylovoldi dasturida odamlar hayotida muhim ahamiyat kasb etayotgan xalqchil va hayotiy vazifalar qamrab olinganini namoyon etmoqda.


Birgina misol. Teledebatda boshqa partiya vakillari va aholi tomonidan O‘zLiDeP vakiliga ta’lim sohasiga doir dolzarb savollar yo‘llandi. Xususan, xususiy maktablar sonini oshirish, davlat maktablarida ta’lim sifatini tushishiga olib kelmaydimi? Chunki, yaxshi pedagoglar katta oylik beradigan xususiy maktablarga ishga o‘tishi kuzatilmoqda. Bu ta’lim sohasida ijtimoiy tengsizligini keltirib chiqarmaydimi, degan savolga quyidagicha javob qaytarildi.


“Partiyamiz ta’lim sohasida raqobatni oshirish va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash orqali ta’lim sifatini yanada yaxshilashni maqsad qilgan. Xususiy maktablar soni oshirilishi ta’limga bo‘lgan talabni qondirishga yordam beradi, qolaversa davlat maktablaridagi yukni kamaytiradi. Partiyaning maqsadi davlat va xususiy sektorda ta’lim sifatini muvozanatli rivojlantirishdir, bu esa aksincha ijtimoiy tengsizlikning oldini olishga yordam beradi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?