Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 04-avgust 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Deputat aralashuvi bilan muammoga amaliy yechim topildi

03.08.2026
115

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi “Shar-shar bog‘ot” mahallasi aholisidan toshni qayta ishlash korxonasi faoliyati bilan bog‘liq bir necha murojaatlar kelib tushgan edi. Asosiy muammo og‘ir yuk mashinalarining ichki ko‘chalar orqali harakatlanishi oqibatida xavfli vaziyatlar, chang va shovqinning yuzaga kelayotgani bilan bog‘liq edi.

Murojaatlar yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nargiza Salomova tuman hokimi va mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda hududda o‘rganish o‘tkazib, aholi hamda tadbirkor bilan ochiq muloqot qildi.

Joyidagi muhokamalar natijasida muhim kelishuvga erishildi. Endi zavodga qatnovchi og‘ir yuk mashinalari aholi yashash hududlari orqali harakatlanmaydi. Ular uchun xonadonlardan chetda yangi yo‘l barpo etiladi. Yo‘l qurilishi uchun zarur ruxsatnomalar tuman hokimligi tomonidan rasmiylashtiriladi, barcha qurilish xarajatlari esa tadbirkor mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Mazkur qaror aholi xavfsizligini ta’minlash, chang va shovqinni bartaraf etish hamda tadbirkorlik faoliyatini xavfsiz davom ettirishga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?