O‘zLiDeP deputati ko‘magida urganchlik ayolga tadbirkorlik faoliyati uchun bino va jihozlar ajratildi
O‘zLiDePning «Xalq bilan birga» umummilliy dasturi doirasida deputatlar tomonidan hududlarda aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, fuqarolarning muammo va tashabbuslari o‘rganilmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Barno Berdiyevaning saylov okrugidagi uchrashuvlari davomida Urganch tumanidagi Kenagas mahallasida yashovchi Nodira Otanazarovaning kosmetologiya sohasida faoliyat boshlash istagi o‘rganildi.
Natijada Nodiraga tajribali mutaxassis Nazokat Davletovaning «Imperiya» kosmetologiya akademiyasida kasb o‘rganish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, uning mustaqil faoliyat boshlashi uchun alohida bino va zarur jihozlar bilan ta’minlash ishlari ham yo‘lga qo‘yildi.
Bu — insonning orzusini imkoniyatga, imkoniyatni esa aniq natijaga aylantirishning amaliy ifodasidir.
Bugun Nodira yangi kasb egallab, mustaqil faoliyat boshlash sari dadil qadam qo‘ymoqda. Bu kabi amaliy ishlar «Xalq bilan birga» dasturining asosiy maqsadi — aholi muammolarini joyida o‘rganish va ularga amaliy yechim topishga qaratilganini ko‘rsatadi.
Xalq bilan birga ishlash — muammoni eshitish, yechim topish va natija yaratish demakdir.