Deputatlikka nomzodlar talaba yoshlar bilan uchrashdi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zLiDePdan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod B.Aldamuratov va Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashi deputatligiga nomzod I.Quttimuratovalar talaba yoshlar bilan uchrashdi.
Unda partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi vakillari, deputatlikka nomzodlar va ularning ishonchli vakillari, mahalla faollari, talaba yoshlar va OAV vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda nomzodlarning ishonchli vakillari saylovchilarga ularning mehnat faoliyati, shu kunga qadar olib borgan ishlari bo‘yicha yaqindan tanishtirib o‘tdi.
Shuningdek parlamentga nomzod B.Aldamuratov saylovchilarga bu yilgi saylovlarning o‘ziga xos jihatlari aralash saylov tizimi asosida o‘tkazilishi, partiya saylovoldi dasturidagi muhim vazifalar va o‘z saylovoldi dasturini anik misollar bilan tushuntirib o‘tdi.
Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashi deputatligiga nomzod I.Quttimuratova ham saylovchilarga o‘zining saylovoldi dasturi bilan yaqindan tanishtirib o‘tdi.
Shuningdek, partiya saylovoldi dasturining 5 maqsad va 500 vazifa doirasida kelgusi besh yilda amalga oshiriladigan ishlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Uchrashuvda saylovchilar ham so‘z olib, partiyaning yangi saylovoldi dasturi bilan yaqindan tanishib chiqqanliklarini va bo‘lajak saylovlarda O‘zLiDeP va uning nomzodlarini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirib o‘tdilar.