Erkin va faravon, qudratli Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz
O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari qizg‘in davom etmoqda.
Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashiga 27 Kamolot saylov okrugidan ko‘rsatilgan nomzod Quvondiq Sanoqulovning saylovchilar bilan uchrashuvi Zarafshon shahridagi “Oltin vodiy” madaniyat saroyida bo‘lib o‘tdi.
Ushbu muloqotda mamlakatimiz iqtisodiyotining drayveri sanoatining turli sohalaridagi mutaxassislar, malakali muhandislar va sohaga endi qadam qo‘ygan yosh xodimlardan iborat, mahalla yettiligi vakillari va 500 nafardan ziyod yosh saylovchilar qatnashdi.
Uchrashuvda O‘zLiDeP saylovoldi dasturining asosiy yo‘nalishlari, xususan, 5 maqsad va 500 vazifa doirasida kelgusi besh yilda amalga oshiriladigan ishlar hamda ularning aholi hayotidagi ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Yuqori kayfiyatda nihoyasiga yetgan uchrashuvda elektorat vakillari saylovchilarni O‘zLiDeP va uning nomzodlariga ovoz berishga chaqirishdi.