Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 15-avgust 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Parkentdagi sayyor qabulda 200 nafar fuqaro o‘z muammosi bilan qatnashdi

14.08.2026
15

Parkent tumanida O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda 200 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etib, kommunal xizmatlar, ichimlik suvi va elektr ta’minoti, yo‘llar, bandlik, tadbirkorlik, ijtimoiy himoya, ta’lim va sog‘liqni saqlashga oid muammolari bo‘yicha murojaat qildi.

Eng muhimi, qabul faqat murojaatlarni tinglash bilan cheklanmadi. Har bir masala atroflicha o‘rganilib, huquqiy tushuntirishlar berildi. Mas’ul tashkilotlar ishtirokida hal etilishi mumkin bo‘lgan muammolar nazoratga olinib, ularning yechimi bo‘yicha aniq choralar belgilandi.

Aholi bilan bevosita muloqot qilish, muammoni joyida o‘rganish va natijasini nazoratga olish — deputatlik faoliyatining asosiy mezonidir. “Xalq bilan birga” dasturi doirasidagi sayyor qabullar esa ana shu tamoyilni amalda ta’minlamoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?