Payshanba 21-Noyabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

20.10.2024
45

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi rahbarining navbatdagi uchrashuvi Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanida joylashgan “Hazorasp”erkin iqtisodiy zonasida bo‘lib o‘tdi.

So‘zga chiqqanlar partiya saylovoldi dasturida “Yangi O‘zbekiston  raqobatbardosh mahsulotlar yurti” g‘oyasi tezroq amalga oshishida yetakchi kuch sifatida maydonga chiqayotgani aytib o‘tildi.

Shuningdek, eksport hajmini 45 milliard dollarga yetkazish, 50 ta nufuzli xorijiy brend bilan maxsus eksport zonalari tashkil qilinishi, eksportchi tadbirkorlar uchun kredit foiz stavkalari kamaytirilishi borasida ish olib boriladi.

Har bir tumanda kamida mingta ish o‘rni yaratadigan 2 tadan yangi sanoat zonalarini tashkil qilish, “IT” yo‘nalishida ko‘rsatiladigan xizmatlar eksportini 5 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha partiyaning o‘z zimmasiga olgan vazifalari haqida so‘z yuritildi.

Yuqori kayfiyatda nihoyasiga yetgan uchrashuv davomida elektorat vakillari O‘zLiDePga va u ko‘tarib chiqayotgan g‘oyalarga ishonishlarini alohida e’tirof etishdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?