Payshanba 31-Oktyabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Ilmiy xodimlar maoshi 2 baravarga oshiriladi

20.10.2024
22

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida O‘zLiDeP raisi Aktam Xaitov, partiyadan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahallliy Kengashlar deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlar ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zLiDeP saylovoldi dasturida belgilangan 5 maqsad va 500 vazifalar haqida ma’lumot berildi.

Xususan, oliy ta’lim muassasalariga qamrov kelgusi 5 yilda 50 foizga yetkazish, ilmiy salohiyatni 70 foizga chiqarish, ilmiy xodimlarning maoshini 2 baravarga oshirish bo‘yicha takliflarni partiya qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlandi. Shuningdek, kelgusi yillarda oliygohlar uchun 120 ming o‘rinli o‘quv binolari, 150 ming o‘rinli talabalar turar joylarini qurish borasidagi vazifalar ijrosini nazoratga olinishini ta’minlashi aytib o‘tildi.

- Uchrashuv menda katta taassurot qoldirdi. Chunki siyosiy partiyalarning dasturlari juda mukammal ishlab chiqilgan. Ayniqsa, men O‘zLiDePning saylovoldi dasturida o‘z hayotimni, kelajagimni ko‘rganday bo‘ldim. Chin ma’noda bu hujjat hayotiy va odamlar turmush tarziga juda yaqin, - deydi TISU talabasi Sevinch Qo‘ziboyeva.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar partiyaning asosiy maqsadi O‘zbekistonni baxtli, erkin insonlar yashaydigan mamlakatga aylantirish ekanligini aytishdi va barcha saylovchilarni O‘zLiDeP va uning nomzodlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?