Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 15-avgust 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Kelajak kasblari sari ilk qadam

13.08.2026
130

O‘zLiDePning «Xalq bilan birga» umummilliy dasturi doirasida Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi «Yangiobod» mahallasida yoshlar uchun «IT va sun’iy intellekt yetakchilari» aksiyasi o‘tkazildi.

Tadbirda yoshlarga veb-dasturlash, kiberxavfsizlik, mobil ilovalar yaratish va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha zamonaviy bilimlar berildi. Soha mutaxassislari raqamli texnologiyalar orqali yangi kasblarni egallash va daromad topish imkoniyatlari haqida hayotiy misollar asosida tushuntirishlar berib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardilar.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv yoshlarda raqamli texnologiyalarga qiziqishni yanada oshirdi. Asosiy maqsad — mahalla yoshlariga zamonaviy kasblarni o‘rganish, yangi ko‘nikmalarni egallash va raqamli dunyoda o‘z o‘rnini topish uchun imkoniyat yaratish.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?